"Everton"ning sobiq hujumchisi Dankan Fergyuson klubning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi.
U bo‘lajak o‘yinlarda jamoani boshqaradi.
50 yoshli Fergyuson ikkinchi marta shunday lavozimga ega bo‘lmoqda. 2019 yilda u allaqachon murabbiylik bilan shug‘ullangan. Uning qo‘l ostidagi jamoa uchta o‘yinda ("Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Arsenal"ga qarshi) 5 ochko to‘plagandi.