Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Rasman! "Navbahor" legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Rasman! "Navbahor" legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan "lochinlar" tarkibi yana bir legioner bilan to‘ldirildi.

Serbiyalik hujumchi Zoran Marushich “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.
Marushich 1993 yilning 29 noyabrida Serbiyaning Klina shahrida tug‘ilgan.

Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Sloga” (2010-2013 yillar, 2015 yil), “Vojdovas” (2014 yil), “Borcha” (2017 yil), “Temnich” (2017/2018 yillar), “Sloboda” (2018 yil), Bosniya va Gersegovinaning “Slaviya” (2016 yil), “Krupa” (2016 yil), Belarusning “Dnyapro” (2019 yil) hamda “Neman” (2020 yil) jamoalarida o‘ynagan.

Zoran 2021 yilgi mavsumni Tbilisining “Dinamo” tarkibida o‘tkazib, 41 ta o‘yinda 17 ta golga mualliflik, 9 ta golga assistentlik qilgan holda, Gruziya chempionati to‘purari bo‘ldi. Bundan tashqari, 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Gruziya chempionatining eng yaxshi hujumchisi, eng yaxshi legioneri va eng yaxshi futbolchisi deb topildi hamda chempionat ramziy terma jamoasidan ham o‘rin oldi.

Marushichning transfermarkt portalidagi transfer narxi 450 ming yevro etib belgilangan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 14:33, 20.01.2022.
O'qildi: 3296 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик