Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Eden Azarning kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgan.
"El Chiringuito" jurnalisti Josep Pedrerol ma’lum qilishicha, Karlo Anchelotti ortiq belgiyalik futbolchiga ishonmaydi. U taklif bo‘lsa, Azarni sotib yuborishni aytgan. Hozircha "qirollik klubi"da futbolchi borasida hech qanday taklif yo‘q.
Avvalroq Azar "Real"dan o‘ziga so‘nggi imkoniyat berishini so‘raganligi ma’lum bo‘lgandi.