Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

A seriyada so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgani taxmin qilingan 5 nafar yulduz

A seriyada so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgani taxmin qilingan 5 nafar yulduz

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasi Yevropa qit’asidagi eng yaxshi milliy chempionatlaridan biri hisoblanadi. Apenninoroli ichki chempionatida har doim eng yaxshi futbolchilar o‘ynashga harakat qiladi. So‘nggi yillarda ushbu mamlakatda ham chempionlik uchun raqobat so‘nggi yillarda yanada keskinlashdi. Biroq, ko‘p jihatdan Italiya chempionati hali ham Angliya Premyer-ligasidan pastroq, ba’zi ekspertlar va muxlislar A seriyani Ispaniya La Ligasidan ham kuchsizroq deb hisoblashadi.

Italiya chempionati kelayotgan yozda ko‘plab yetakchi futbolchilarini yo‘qotishi mumkin. Xususan, ligada o‘ynaydigan ba’zi yulduzlar o‘z jamoasini tark etishi kutilmoqda. Biz esa sizlarga mavsum oxirida boshqa chempionatga o‘tishi mumkin bo‘lgan A seriyaning 5 nafar taniqli yulduzi haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

 

Matteys de Ligt

22 yoshli markaziy himoyachi Matteys de Ligt 2019 yilning yozida Italiyaga ko‘chib o‘tgan edi. “Yuventus” gollandiyalik futbolchini “Ayaks”dan 85,5 million yevroga sotib olgan. Oradan bir yil o‘tib Matteys Italiya chempioni bo‘ldi, biroq shundan so‘ng Turin klubi inqirozga uchradi va bu holat hozirgacha davom etmoqda. Hozirda, “keksa sinyora” A seriya g‘olibligi uchun da’vogarlar ro‘yxatida emas.

De Ligtning o‘zi 2022 yilning yozida boshqa klubga o‘tish haqida o‘ylamoqda.  Xususan, yaqinda uning agenti Mino Rayola Matteys “faoliyatidagi yangi qadamni tashlashga tayyor”ligi haqida ochiqdan-ochiq gapirdi.

De Ligtga da’vogarlar orasida PSJ, “Barselona” va bir qator ingliz klublari bor. “Chelsi” ro‘yxatdagi asosiy favorit hisoblanadi. Sababi, mavsum so‘nggida “aristokratlar” bir nechta markaziy himoyachilaridan voz kechish haqida o‘ylamoqda. De Ligt uchun munosib takliflar tusha boshlasa, “Yuventus” uni saqlab qola oladimi? Bu dargumon. Chunki, gollandiyalikning shartnomasi 2024 yilning iyuligacha amal qiladi va Matteys klubini o‘zgartirishga aniq qaror qilsa, “Yuve” bilan yangi shartnoma imzolamaydi. Agar, Turin klubi futbolchini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lsa, hech bo‘lmaganda uch yil oldingi investisiyani qaytarib olishi mumkin bo‘ladi.

 

Dushan Vlaxovich

“Fiorentina”ning yosh hujumchisi Dushan Vlahovich 2018 yilning yozidan buyon A seriyada to‘p surmoqda. Florensiyaliklar uni “Partizan”dan 2 million yevroga sotib olishdi, hozir esa serbiyalikning taxminiy narxi 70 million yevroga baholanmoqda!

Vlaxovichning 2022 yilda “Fiorentina”ni tark etishiga, shuningdek, transfer yanvarda emas, yozda amalga oshishiga shubha yo‘q. “Binafsharanglilar” rahbariyatining hujumchini chempionat oxirigacha ushlab turish istamoqda va mavsum so‘nggida futbolchini potensial xaridorlarga yanada qimmatroq sotishni rejalashtirmoqda.

“Fiorentina”ni tark etgan Vlahovich A seriyada qolishi mumkin. Sababi, “Yuventus” serb futbolchisiga qiziqish bildirmoqda, ammo Turin klubi Dushan uchun 80 yoki undan ortiq million yevro to‘lashga tayyor emas edilar. Bu shuni anglatadiki, Vlaxovich katta ehtimol bilan Angliya Premyer-ligasiga yo‘l oladi, hozirda “Arsenal” va “Nyukasl” unga jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Shuningdek, ushbu mavsum, deyarli markaziy hujumchisiz o‘ynayotgan “Manchester Siti” ham Vlaxovichning o‘yinlarini kuzatib turibdi.

 

Sergey Milinkovich-Savich

Necha yildan beri turli ommaviy axborot vositalari Sergey Milinkovich-Savichni “Lasio”dan boshqa klublarga ko‘p marta “sotishdi”. Biroq, u hamon Rim klubida qolmoqda. Ammo, 2022 yilda bu voqea sodir bo‘lish ehtimoli katta.

Serbiyalik markaziy yarimhimoyachi fevral oyi oxirida 27 yoshga to‘ladi va agar klub uning sotilishidan maksimal tarzda foyda olishni istasa, uni sotishi kerak. Bundan tashqari, Milinkovich-Savich haqiqatan ham Rimda ko‘p qolib ketdi. Bunday darajadagi o‘yinchi Italiya kubogi va Superkubogidan ham muhimroq kuboklarni yutishga haqli. So‘nggi bir necha yil ichida Milinkovich-Savichga “Manchester Yunayted” jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. “Qizil iblislar”ga esa haqiqatdan ham “Lasio”ning serbiyalik futbolchisidek yetakchi juda zarur.

 

Frank Kessi

Ivuarlik yarimhimoyachi Frank Kessi butun professional faoliyatini Italiyada o‘tkazadi. U “Atalanta”, “Chezena” klublarida va 2019 yilning yozidan boshlab “Milan” futbolchisi sifatida o‘ynab kelmoqda. “Rossonerilar” Frankni 24 million yevro evaziga sotib olgan. Hozirda afrikalikning taxminiy qiymati ikki baravarga oshib, 48 millionga yetgan. Biroq, futbolchi jamoadan ketishni astoydil istasa, klub Kessidan bir yevro ham foyda ko‘rmaydi.

Gap shundaki, Kessining “rossonerilar” bilan shartnomasi shu yilning yoziga qadar amal qiladi. Biroq, hozircha tomonlar o‘rtasida yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilmagan. Bu shuni anglatadiki, Frank iyul oyida faoliyatini davom ettirish uchun yangi jamoani o‘zi tanlashi mumkin.

Kessiga Yevropaning bir qator top-klublari taklif bor. Ayni damda “Tottenxem”, “Manchester Yunayted” va PSJ Frank uchun asosiy davogar hisoblanadi. Shuning uchun, Kessi kelasi yozda Apennin orolini tark etishi ehtimoli katta.

 

Paulo Dibala

Argentinalik hujumchi Paulo Dibala 2012 yilning yozidan beri Italiya A seriyasida to‘p tepmoqda. Avvaliga u “Palermo”da uch mavsum o‘ynadi, keyin esa “Yuventus”ga o‘tdi. Biroq, hozir Paulo faoliyatini “keksa sinyora”da davom ettiradimi, yoki yo‘qmi bu noma’lumligicha qolmoqda.

Gap shundaki, Dibalaning “Yuventus” bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi. OAV allaqachon klub va Dibala yangi bitim borasida kelishib olingani haqida xabar tarqatgandi, ammo so‘nggi paytlarda maosh bilan bog‘liq muammolar sabab, muzokaralar to‘xtab qoldi. Dibala o‘z intervyularining birida, o‘zi uchun ustuvor vazifa klub bilan shartnoma uzaytirish emas ekanligini aytdi.

Dibalaning gaplari boshqa klublarning ham e’tiborini tortdi va argentinalikka shartnoma taklif qilishdi. Ulardan biri “Inter” hisoblanadi. Agar, Dibala “neradzurrilar” bilan kelishuvga erishsa, futbolchi Italiyani tark etishga majbur bo‘lmaydi. Ammo, boshqa tomondan, “Tottenxem” ham Dibalaga alohida qiziqish bildirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, “shporlar” Pauloga o‘zi xohlagan maoshni bera olishini ta’kidlagan.  Ko‘ramiz, vaziyat qay tomonga o‘zgaradi?!

Kiritildi: 23:08, 21.01.2022.
O'qildi: 4775 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.