Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Jeko "Inter"ning "Venesiya" bilan o‘yinini joriy mavsumdagi eng qiyinlaridan biri deb atadi

Jeko "Inter"ning "Venesiya" bilan o‘yinini joriy mavsumdagi eng qiyinlaridan biri deb atadi

Baho:
+ | -

“Inter” hujumchisi Edin Jeko Italiya chempionatining 23-turi doirasidagi “Venesiya” ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida fikr bildirdi. U g‘alaba to‘pini kiritdi.

“Bizda oson o‘yinlar yo‘q. Va bu mavsumning eng qiyin o‘yinlaridan biri bo‘ldi. Ha, bungacha biz bir qator mashaqqatli uchrashuvlarni o‘tkazdik, jumladan, Italiya Superkubogi uchun o‘yin ham.

Asosiysi, o‘yin yakunida g‘alabani tortib olishga muvaffaq bo‘ldik. Bunday muhim gollarni urganingizda, bu hissiyotlar bo‘ronini keltirib chiqaradi. Oxirgi paytlarda gol urmadim, lekin asosiysi, bugungi to‘p bizga g‘alaba keltirdi”, deydi Jeko.

“Inter” 53 ochko jamg‘arib, A Seriya turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Venesiya esa 17-o‘rinda qoldi (18 ochko).

Kiritildi: 10:55, 23.01.2022.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик