Angliyaning "Liverpul" klubi futbolchisi Aleks Oksleyd-CHemberlen APL doirasida "Kristal Pelas" (3:1) ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Sport formangni yaxshilab borish yoqimli albatta. Hujumdagi uchlikning bir qismi ekanning yanada yoqimli. Uchrashuvning 35-daqiqasidan keyin biroz tezlikni kamaytirdik. Alisson bir necha marotaba jonimizga oro kirdi. 2:0 hisobida oldinda borayotganimizda o‘zimizning o‘yinimizni ko‘rsatishdan to‘xtab qoldik. Ba’zan shunday davrlarni boshdan kechirish kerak", - futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.