Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 20:00 Yaponiya 2-3 Avstraliya
10/04 20:00 Vyetnam 1-1 BAA
10/04 22:15 Afg‘oniston 0-2 Indoneziya
10/04 22:15 Janubiy Koreya 1-0 Yaman
11/04 22:15 Eron - Tojikiston
11/04 22:15 Ummon - KXDR
11/04 23:45 Udineze - Milan
12/04 00:00 Valensiya - Sevilya
12/04 16:30 Manchester Siti - Kristal Pelas
12/04 17:00 Real Sosyedad - Malyorka
12/04 18:00 Venetsiya - Monsa
12/04 19:00 Sautgempton - Aston Villa
12/04 19:00 Brayton - Lester
12/04 19:00 Nottingem Forest - Everton
12/04 19:15 Xetafe - Las-Palmas
12/04 21:00 Inter - Kalyari
12/04 21:30 Arsenal - Brentford
12/04 21:30 Selta - Espanyol
12/04 23:45 Yuventus - Lechche
13/04 00:00 Leganes - Barselona

«Qariya»ning navqironlik siri

«Qariya»ning navqironlik siri

Baho:
+ | -

Ze Robertoni eslaysizmi? Braziliyalik futbolchi «Bavariya» va «Bayer»da yorqin o‘yinlar namoyish etgan, biroz muddat Madrid «Real»ida o‘ynagan - faoliyati ajoyib chiqdi. U futboldan ketganidan keyin ham tin olmadi - aytishicha, 47 yoshga to‘lganiga qaramay, tanasi 36 yoshli Krishtianu Ronaldunikidan yaxshiroq ekan.

«O‘ylashimcha, mening tanam - dunyodagi eng yaxshisi. U 43 yoshga to‘lgunimcha o‘ynash imkoniyatini berdi. Agar Ronaldu yuqori darajada shunday uzoq muddat o‘ynay olsa, Krishtianuni tengsiz deb tan olaman. Hozircha esa zo‘ri menman», - deydi Ze Roberto tabassum bilan.

Qahramonimiz - ajoyib atlet: u 43 yoshida ham «Palmeyras»da o‘ynagan, 40 yoshdan o‘tganidan so‘ng 100dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan. 2017 yilning noyabrida Roberto nihoyat, butsalarini mixga ilishga qaror qildi - ammo 47 yoshli braziliyalikning formasiga istalgan sportchi havas qilsa arziydi.

2020 yilda Roberto uzoq faoliyati siri bilan o‘rtoqlashdi: «Mening zararli odatlarim yo‘q. Alkogol ichmayman, chekmayman, to‘g‘ri ovqatlanaman, yaxshi uxlayman. Oilam meni himoya qiladi. Ularning qo‘llab-quvvatlashi bo‘lmaganida, bu qadar uzoq vaqt o‘ynolmasdim. Musobaqalashish kerak bo‘lgan inson - sizning o‘zingiz. Har doim motivasiyani saqlab qolish lozim. Odam o‘zini kuzatishda davom etsa, futbolda istagancha qolishi mumkin. Butun faoliyatim davomida o‘zim haqimda qayg‘urdim. Jismoniy holatimga alohida e’tibor qaratdim».

Roberto chindan ham mashg‘ulotlarga jiddiy qaraydi. 2019 yili u hattoki, Neymarga ham tavsiya bergandi - ishga yondashuvni o‘zgartirib, albatta, imkon qadar ko‘proq shug‘ullanish lozimligini ayt­di. «Miyada nimanidir tuzatish maqsadga muvofiq. U fundamental ravishda o‘zgarishi kerak, - deydi Roberto. - Neymarning asosiy e’tibori futbolga qaratilmagan. Qaysidir pallada bu o‘yindan rohatlanmay qo‘yadi. Agar shu zayl davom etsa, u 30 yoshdayoq faoliyatini yakunlaydi. Hammamiz pulni yaxshi ko‘ramiz - ammo Ronaldu va Messining intilishiga bir qarang. Aynan shu jihat bilan ular Neymardan farqlanadi».

10 yildan so‘ng Ronaldu Ze Robertoga qanday javob qaytarar ekan? Buni vaqt o‘tgach bilib olamiz.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: http://interfutbol.uz/
Kiritildi: 12:23, 26.01.2022.
O'qildi: 2974 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz