"Ayaks" futbolchisi uchun bir nechta klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, ular ichiga "Arsenal" ham qo‘shilgan.
24 yoshli yarim himoyachi yanvar oxiriga qadar "Ayaks"dan ketishini bildirgan. U Amsterdamda qolish imkoniyatlarini 5 foiz deb baholagan edi.
Marokash terma jamoasi a’zosi yozda shundoq ham jamoadan ketadi. Sababi uning bitimi iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. "Lids" hamda "Roma" klublari Mazrauini o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda.