Kelgusi mavsumda "Barselona" liboslarida ikkita titul homiysi bo‘ladi.
"BarcaTimes" ma’lumotlariga ko‘ra, "Spotify" internet audiostriming xizmati logotipi "Rakuten" o‘rnini egallaydi va bosh homiyga aylanadi. Shartnoma 5 mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, bu muddat davomida klub 340 million yevroga yaqin daromad oladi.
"Polkadot" "Beko" o‘rnini egallaydi va kelasi mavsumdan boshlab "Barselona" futbolkalarining yengida bo‘ladi. Shartnoma 5 mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, bu muddat davomida klub 100 million yevroga yaqin daromad oladi.