Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “YAngiyer”ni mag‘lub etdi

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “YAngiyer”ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Bir haftadan buyon poytaxtimizda yangi mavsum tayyorgarligini davom ettirayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun “Do‘stlik” jamoa xo‘jaligi stadionida birinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Raqib Pro liga vakili “Yangiyer” jamoasi bo‘ldi.

Uchrashuvda Superliga jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni “Metallurg”dan Fozil Musayev, Shohnazar Norbekov hamda Shahzodjon Ne’matjonovlar kiritishdi.
Bekobodliklar ustozi Luisma Ernandes ikkala taymda turli tarkiblardan foydalandi. “Metallurg” bilan shartnoma imzolagan futbolchilardan tashqari hali ko‘rikda bo‘lib turgan yosh o‘yinchilarga ham o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatini berdi.

“Metallurg” – “Yangiyer” – 3:1 (2:0). Nazorat uchrashuvi. Toshkent viloyati, “Do‘stlik” j/x stadioni.
Hakam: Rahimjon Karimov.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.
Gollar: Fozil Musayev (8), Shohnazar Norbekov (27), Shahzodbek Ne’matjonov (81)

“Metallurg” (1-taym): Aleksandr Lobanov, Fozil Musayev, Salamat Quttiboyev, Odilbek Abdumajidov, Abbosjon Otaxonov, Abror Toshqo‘ziyev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Damir Temirov, Xudoyshukur Sattorov, Jasur Ashurov, Shohnazar Norbekov.
“Metallurg” (2-taym): Akmal Ortiqov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Farrux Ibrohimov, Hakimxon Alamxonov, Muhammad Isayev, Farxod Bekmurodov, Ergash Ismoilov, Farxod Oxunov, Jasur Ashurov, Ibrohim Ibragimov, Shahzodjon Ne’matjonov.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 16:49, 29.01.2022.
O'qildi: 1081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик