Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Robinyo qamaladi(mi?)

Robinyo qamaladi(mi?)

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi, «Real» va «Milan» klublarining sobiq futbolchisi Robinyoga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi. O Globo xabariga ko‘ra, u 9 yilni panjara ortida o‘tkazishga mahkum. «SE» ushbu mavzuga doir e’tiborga molik ma’lumotlarni to‘pladi.


4 yildan keyingi murojaat

2013 yilning yanvarida, o‘sha payt «Milan» sharafini himoya qilayotgan braziliyalik futbolchi, diskotekaga tashrif buyurgan. U yerda do‘stlari hamrohligida vaqtichog‘lik qilish chog‘ida albaniyalik 23 yoshli qiz bilan tanishgan. Tergov-surishtiruvlar chog‘ida ma’lum bo‘lishicha, Robinyo keyinchalik do‘stlari bilan shu qizning nomusiga tegishgan. Jarayonda, braziliyalik yulduzni hisobga olmaganda, besh erkak qatnashgan.

Voqea haqida 2017 yildagina xabarlar tarqaldi - aynan shu payt qiz polisiyaga murojaat etgan. Robinyo bu davrda vataniga qaytib, «Atletiko Mineyro»da to‘p surayotgandi. Futbolchi dastlabki sud ishini nazardan chetda qoldirdi. «Mish-mishlarga to‘xtaladigan bo‘lsam, bu kabi narsalarda umuman qatnashmaganman», - deb yozdi Robinyo «Instagram»dagi sahifasida.

Shunga qaramay, ayblovchi tomon futbol yulduzining ishtirokini isbotladi. Misol uchun, Globo Esporte nashri Robinyoning do‘stlaridan biri bilan yozishmalarini keltirdi. «Ayblovlar kulgimni qistamoqda. Qiz o‘shanda haddan tashqari mast edi. U nimalar ro‘y bergani haqida tasavvurga ham ega emas», - deb yozgan boshqa bir gumonlanuvchiga.


To‘rt yil inkor  etilgan ayblov

2017 yilning noyabrida Italiya sudi Robinyoni aybdor deb topib, unga nisbatan 9 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘lladi. Voqeaning boshqa ishtirokchilariga ham hukm o‘qildi. Xususan, braziliyalikning do‘sti Rikardo Falkaoga ham. U xuddi Robinyo singari 9 yillik qamoq jazosi oldi.

Shundan so‘ng futbolchining vakillari apellyasiya berishdi. Ishga yangi faktlar qo‘shildi, natijada, muhokama to‘rt yildan oshiqroq davom etdi. Robinyoning advokatlari jabrlanuvchini shunga majburlashmaganini isbotlashga urinishdi. Braziliyalik esa qiz bilan aloqalari haqidagi faktni tasdiqlab, barchasi o‘zaro kelishuv asosida amalga oshganini ta’kidladi.

«U bilan bir necha daqiqalarni birga o‘tkazdik, - dedi Robinyo. - Keyin esa men uyga ketdim. Do‘stlarim o‘sha yerda qolishdi. Keyinroq ular birgalikda klubdan chiqib, bosh­qa yerga yo‘l olishgan».

Milan sudining rasmiy bayonotida keltirilishicha, Robinyo va voqeaning boshqa ishtirokchilari tergovni adashtirishga urinishgan: go‘yoki, ular bir xil ko‘rsatma berishga kelishib olishgan. Braziliyalik uchun kassasiya shikoyati qutulib qolish chora edi, ammo u ham Rim sudi tomonidan rad etildi.


Robinyoga nima bo‘ladi?

U hozir Braziliyada, ushbu mamlakat sudlangan fuqarolarini boshqa davlatlarga topshirmaydi. Demakki, «Real» va «Milan»ning sobiq futbolchisi jazoni o‘z yurtida o‘taydi. Buning uchun Milan sudi ish bo‘yicha barcha materiallarni Braziliyaga topshirishi kerak. Ish uzoq davom etadi, vaziyat murakkab, shu bois, Robinyo yana ma’lum muddat ozodlikda qoladi. Faqatgina Braziliya tomonining rasmiy xulosasidan keyingina sud qarori kuchga kiradi.

Robinyo uchun bu jazodan qutulib qolish uchun so‘nggi imkoniyatdir. Biroq qadrdon yurtida sobiq futbolchiga 2019 yildan buyon Braziliya ayollar, oila va inson huquqlari bo‘yicha vazir lavozimida ishlayotgan Damares Alves qarshi chiqmoqda. «U qamoqda o‘tirishi kerak, - dedi Alves. - Nomusga teguvchilar ozodlikda yurishlari mumkinmas».

Robinyo bu kabi jinoyat bilan ilk marta ayblanayotgani yo‘q. 2009 yili, braziliyalik «Manchester Siti»da o‘ynagan kezlari ham, nomusga tegishda ayblangan. Keyinroq oqlanib, ozodlikka chiqqan.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:33, 31.01.2022.
O'qildi: 3924 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.