Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Yilning 2 ta yirik turnirida ishtirok etish uchun taekvondo WT bo‘yicha terma jamoamiz tarkibi aniqlandi. Olimpiada chempionimiz tarkibda

Yilning 2 ta yirik turnirida ishtirok etish uchun taekvondo WT bo‘yicha terma jamoamiz tarkibi aniqlandi. Olimpiada chempionimiz tarkibda

Baho:
+ | -

Ma’lumki, Butunjahon taekvondo WT taqvim rejasida 2 ta reyting turniri bo‘lib, unda Olimpiada ochkolari o‘ynaladi. Ushbu turnirlarda taekvondo terma jamoamiz 2 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi.

Shu kunlarda nufuzli musobaqalarga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Shu haftada BAAda joriy yilning eng yirik an’anaviy turniri - qatorasiga 9-marta "Fujairah Open-2022" start oladi. Sayyoramizning eng kuchli taekvondo ustalari erkaklar va ayollar o‘rtasida 8 ta vazn toifasida bellashadi.

Mamlakatimiz delegasiyasi 4 fevral kuni mazkur yirik turnirda vatanimiz sharafini himoya qilish uchun Dubayga jo‘nab ketadi. Ushbu musobaqalar oldidan terma jamoalarning tarkibiga nazar solsak, ayrim vazn toifalarida o‘zgarishlar mavjud. "Fujairah Open" musobaqasi 6-8 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyining ma’lum qilishicha, tarkib quyidagicha:

Erkaklar:
-54kg: Jahongir Xudoyberdiyev, Omonjon Otajonov
-63kg: Niyoz Po‘latov
-68kg: Ulug‘bek Rashitov, Sardor Toirov
-74kg: Jasurbek Jaysunov
-80kg: Nikita Rafalovich

Ayollar:
-53kg: Charros Qayumova
-62kg: Feruza Sodiqova
+73kg: Svetlana Osipova, Iroda Mirtojiyeva

7-13 fevral kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tadigan yana bir muhim turnir murosasiz va ajoyib kurashlarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Boisi, bu turnirda ham dunyoning taniqli taekvondochilari g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Eslatib o‘tamiz, “Turkish Open” bir necha yosh toifalarida g‘olib va sovrindorlarni aniqlaydi. 17 yoshdan yuqori toifasida mamlakatimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi:

Erkarlar:
-58kg: Doniyor Maxkamov, Otabek Turganbekov
-68kg: Najmiddin Qosimxo‘jiyev, Diyorbek To‘xliboyev
-80kg: Shuhrat Salayev
-87kg: Shohrux Rajabov

-46kg: Zarnigor Xusniddinova
-57kg: Ozoda Sobirjonova
-62kg: Madina Marabzalova

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 10:49, 01.02.2022.
O'qildi: 1049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.