Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Timoti Vea: «Biz mo‘’jiza yaratdik»

Timoti Vea: «Biz mo‘’jiza yaratdik»

Baho:
+ | -

Jahon darajasidagi sobiq futbolchining o‘g‘li bo‘lish qanday? «Lill» klubi hujumchisi Timoti Vea bu savolga javob berishni yaxshi biladi va muvaffaqiyat sari o‘z yo‘lini topib oldi. Quyidagi suhbat otasi, betakror mahorati va musiqa haqida bo‘ldi.

- Timoti, siz butun dunyoni lol qoldirgan sobiq futbolchi Jorj Veaning o‘g‘lisiz. Nima deb o‘ylaysiz, oilaviy tarixingiz tufayli futbolni tanlashga majbur bo‘ldingizmi?

- Yo‘q, menda doim tanlov qilish imkoniyati bo‘lgan. Lekin albatta, butun boshli oilam futbol bilan shug‘ullanishgan: otam, akam, opam, amakivachchalarim... Shuning uchun ham bu men har doim shug‘ullanishni xohlagan sport turi bo‘lib kelgan. Muntazam ravishda yaqinlarimning o‘yinlarini tomosha qilgan holda, futbol maydonida bo‘lganman. Shu bois, to‘p tepib ulg‘ayishim tabiiy edi.

- Otangiz nafaqat sobiq futbolchi, balki siyosatchi hamdir, hozir esa Liberiya prezidenti. Siz tug‘ilgan payt uning futbolchilik faoliyati deyarli yakunlanib, siyosiy yurishlari boshlangandi. Ota sifatida u siz uchun ko‘proq futbolchimi yoki siyosatchi?

- O‘shanda juda yosh edim va tabiiyki, bunday shov-shuvni umuman tushunmasdim. Bolaligimda faqat uning futbolchi ekanligini va siyosatga yo‘l olayotganini bilardim. Lekin eng asosiysi, u mening otam edi. Shunday paytlar bo‘lganki, onam diplom olish uchun maktabga qaytishga majbur bo‘lgan. O‘sha payt otam ikkimiz Floridada yashardik, u menga odatdagidek, otalik vazifasini bajarardi. Biz dam olish kunlari tabiat qo‘yniga chiqardik, maktabdan keyin futbol o‘ynardik yoki «Makdonalds»ga borardik. Uni hech qachon futbolchi yoki siyosatchi sifatida ko‘rmaganman.

- Professional futbolda 2018 yilning martida «PSJ» safida debyut qilgansiz. Sizdan «O‘sha mashhur Jorj Veaning o‘g‘limisiz?» deb so‘ragan superyulduzlar ham uchraganmi?

- O‘sha paytga kelib «PSJ»ning yoshlar jamoasida besh yil o‘ynashga ulgurgandim, shuning uchun ham meni hamma allaqachon tanishini his qildim. O‘zimni allaqachon uyimdagidek his qilardim. Albatta, Neymar, Kavani, Kilian va boshqa yulduzlar bilan ilk marta o‘ynaganingizda, bu sizni hayratda qoldiradi. Birinchi kunlar shunday edi, lekin bir-ikki hafta o‘tgach, guruhning bir qismiga aylandim va ular meni quchoq ochib kutib olishdi.

- «PSJ»dagi faoliyatingiz davomida kimdan nimalarni o‘rgandingiz?

- «PSJ»dagi barcha futbolchilarning mahorati katta. Lekin ko‘proq narsani Edinson Kavanidan o‘rgandim. Maydonda va uning tashqarisida mehnat etikasi nuqtai nazaridan, menimcha, u dunyodagi eng yaxshilardan biri. Neymarga kelsak, jamoaga birinchi bo‘lib meni aynan u qo‘shdi. U bilan avvalroq Braziliya terma jamoasida tanishganman va uning o‘yin uslubidan ko‘p narsani o‘rganganman.

- Hujumning bir nechta pozisiyasida o‘ynay olasiz. Timoti Veaning eng yaxshi sifatlarini ro‘yobga chiqarish uchun murabbiy sizni qaysi pozisiyaga qo‘yishi kerak?

- Ayni payt «Lill»da ko‘proq o‘ng qanotda o‘ynayapman. Aslida esa bu ideal pozisiyam emas, chunki hujumni o‘ng oyoqda yo‘llanadigan kuchli zarbalarim bilan yakunlashni xush ko‘raman. O‘ng qanotda esa chap oyoqda zarba yo‘llashga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham sevimli chiziqlarim doimo chap qanot yoki «o‘nlik» pozisiyasi bo‘lib kelgan. Shuningdek, o‘zimni hujumchi sifatida ko‘rmayman. Bizda bu chiziqqa ko‘proq Burak Yilmaz va Jonatan Devid mos tushishadi. Men jamoaga asosan qanotda - himoyaga qaytish va ikki hujumchini qo‘llab-quvvatlash orqali yordam bera olaman. Jonatan Devid bilan ayniqsa, yaqin munosabatdaman. U jamoadagi eng yaxshi do‘stlarimdan, bir-birimizni so‘zsiz tushuna olamiz.

- Katta futboldagi debyutdan buyon bir qancha sovrinlarni qo‘lga kiritib ulgurdingiz. «PSJ» bilan ikki marta, «Seltik» bilan va o‘tgan yili «Lill» bilan bir martadan chempionlikni qo‘lga kiritdingiz. Eng muhimi, Lilldagi muvaffaqiyat bo‘lsa kerak?

- «Lill» bilan chempionlikka erishishim faoliyatimdagi eng yaxshi damlardan biri bo‘ldi. Mazkur jamoada Parijdagidan ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazdim. Bu onlarni juda qadrlayman. Hech kim bizni to‘xtatolmadi va oxirida mo‘’jiza yaratdik. Juda ajoyib yil bo‘ldi va men ushbu lahzalarni jamoam bilan baham ko‘rganimdan faxrlanaman.

- «Lill»ning chempionligi Fransiya futbolidagi Parijning hukmronligiga ham barham berdi. Qoniqish hissi bormi?

- Uncha emas. Har doim klubdan men uchun qilgan barcha ishlari uchun minnatdorman. «PSJ» menga o‘sha payt ko‘plab yosh futbolchilar orzu qiladigan imkoniyatni berdi. Hozir «Lill»daman, jamoam bilan chempionlikni qo‘lga kiritdim. Bu shunchaki, bizning vaqtimiz edi. Lekin men uchun «PSJ» fantastik kollektivga ega buyuk klub bo‘lib qolmoqda.

- Lill va Parij o‘rtasidagi farq nimada?

- Menimcha, tafovut uncha katta emas. Albatta, shaharlar boshqacha. Parij moda va hamma narsaga to‘la ulkan shahar. Lill buni xotirjamroq qabul qiladi. Klublarga kelsak: albatta, ikkalasi ham ko‘p narsaga erishmoqchi. «Lill» hali ham rivojlanish bosqichida bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, chempionlik oldinga katta qadam bo‘ldi. «PSJ», albatta, allaqachon ulkan klubga aylanib ulgurgan, «Lill» esa hamon katta yo‘ldan bormoqda.

 

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:00, 01.02.2022.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик