Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» «Bavariya»ni mag‘lub etib, ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi

«Barselona» «Bavariya»ni mag‘lub etib, ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi

Baho:
+1 | -

Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida «Barselona» o‘z maydonida «Bavariya»ni qabul qildi. «Spotifay Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda kataloniyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Salma Paralyuelo hisobni ochdi. 17-daqiqada mehmonlar safidan Linda Dallman javob golini urdi. 22-daqiqada Aleksiya Putelyas «Barselona»ni yana oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda, 55-daqiqada Eva Payor hisobni yiriklashtirdi. 58-daqiqada Putelyas dubl rasmiylashtirdi. 71-daqiqada Pernille Xarder «Bavariya»ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi. Shu tariqa, «Barselona» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra finalga yo‘l oldi va hal qiluvchi bahsda «Lion»ga qarshi maydonga tushadi.

Ayollar Chempionlar ligasi, yarim final, javob uchrashuvi
3 may 2026 yil, yakshanba.
«Barselona» (ayollar) — «Bavariya» (ayollar) 4:2
Gollar: Paralyuelo 13', Putelyas 22', 58', Payor 55' — Dallman 17', Xarder 71'

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:52, 03.05.2026.
O'qildi: 5078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик