Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Premer-ligaga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xaridlar

Premer-ligaga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xaridlar

Baho:
+ | -

Premyer-liga klublarining katta mablag‘ sarflashi odatiy xolat, lekin ular odatda yanvar oyidagi transfer oynasida ancha ehtiyotkor bo‘lishadi, chunki ular jamoadagi mavjud tizimni buzishni xohlamaydilar.

Biroq, "Nyukasl" quyi ligaga tushib qolishning oldini olish uchun kurashda yordam berish uchun bir nechta tayyor yulduzlarni jalb qilishdan tortinmadi. Ular yanvar oyida 90 million funt sterlingdan (102 million yevro) ko‘proq pul sarfladilar.



Quyida keltirilgan beshta nom transfer narxi bo‘yicha beshta eng katta harajat bo‘lishi shart emas, lekin ular o‘z jamoasiga ta’siri va mavsumdagi maqsadlari nuqtai nazaridan eng kattasi bo‘lishi mumkin.

Bruno Gimaraysh

“Lion” – “Nyukasl” (42 million yevro)

"Nyukasl" ko‘p qirrali yarim himoyachiga muhtoj va endi ularda "Lion"dan kelgan 24 yoshli braziliyalik futbolchi bor. Menejer Eddi Xouning yanvar oyidagi harajatlari klubini yuqori ligada saqlab qoladimi, bu munozarali masala, ammo biz ularning o‘yinini sezilarli darajada yaxshilanganini ko‘rishimiz kerak.

Gimaraysh - universal o‘yinchi va agar uning jamoasi yanada ravon va ritmik bo‘lishni istasa, Xouga aynan shu narsa kerak. Bruno Gimaraysh joriy mavsumda Yevropaning kuchli beshlik ligalaridagi barcha yarim himoyachilardan ko‘ra ko‘proq (226) oxirgi uchinchi uzatmani bergan.

Rodrigo Bentankur

"Yuventus" - "Tottenxem" (19 mln yevro)

Urugvay yarim himoyasining markazi doimo "Yuventus" futbolchisiga ishonib topshiriladi. Konte ham yarim himoyada hamma narsani qila oladigan bosimga chidamli to‘p tashuvchini xohlagani aniq va shu sabablarga ko‘ra u Bentankurni afzal ko‘rdi.

Uzun bo‘yli futbolchi bir deganda Garri Uinks va Oliver Skippning o‘rnini egallashi aniq. "Tottenxem" endi paslar orqali to‘pni tezroq va aniqroq harakatga keltira oladi. Bentankur endigina 24 yoshda, lekin u o‘yinni katta futbolchilarday o‘qiydi.

Luis Dias

"Portu" - "Liverpul" (37,5 million yevro)

"Liverpul"ning mashhur hujum uchligi abadiy birga bo‘lmaydi. Biz allaqachon Roberto Firmino o‘z o‘rnini sekin-asta Diogo Jotaga boy berib qo‘yganini ko‘rdik va yangi o‘yinchi Luis Dias endi "Enfild"ning bir nechta super yulduzlarini chetlab o‘tishga intiladi.

25 yoshli kolumbiyalik bu mavsumda Chempionlar ligasida yugurishi, tezligi va to‘pni ushlab turish qobiliyati bilan shov-shuvga sabab bo‘ldi. U Kolumbiyada chap qanotda hujumkor yarim himoyachi sifatida harakat qiladi va xuddi shunday tarzda "Portu"da 4-4-2 sxemasida chap qanotda o‘ynaydi. Yurgen Klopp qo‘lidagi navbatdagi “qurol”ga aylanishi mumkin.

Diasga Premyer-liganing jismoniy holatiga moslashishi uchun biroz vaqt kerak bo‘lishi mumkin, biroq u moslashganidan so‘ng, himoyachilar bu yigitni to‘xtab qolishi uchun ancha ter to‘kishlari kerak.

Filippe Koutinyo

"Barselona" - "Aston Villa" (ijara)

Premyer-liganing muxlislariga Koutinoni ortiqcha tanishtirishning xojati yoq. "Enfild"dagi besh yil davomida o‘z nomiga ega bo‘lgan, darvozabonlarga hech qanday imkoniyat qoldirmaydigan futbolchiga ortiqcha ta’rif ishlatish shart emas.

Uning "Aston Villa"dagi debyuti bundan ham yaxshiroq o‘tishi mumkin emas edi, chunki "Barselona", "Bavariya", "Inter" va "Espanyol"ning sobiq pleymeykeri "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda gol va golli uzatmani amalga oshirdi.

Dele Alli

“Tottenxem” - “Everton”

“Everton” Dele Allini "shporlar"dan tekinga olish orqali potensial katta to‘ntarishni amalga oshirdi.

"Everton"ning yangi bosh murabbiyi Frenk Lempard Allini yangi jamoaga kelishida asosiy rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. 7 yil ichida "shporlar" uchun Premyer-ligada 181 ta o‘yinda 51 ta gol va 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi. Super formasini qayta tiklab olishi zarur.

Kiritildi: 17:58, 04.02.2022.
O'qildi: 2389 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.