Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Barselona» va milliard yevrolik qarz

«Barselona» va milliard yevrolik qarz

Baho:
+ | -

"Barselona"ning qarzlari, sobiq prezident Xosep Bartomeu aytganidek, yarim milliard emas, 1,35 mlrd yevro bo‘lib chiqqan. Bu haqda klubning hozirgi rasmiylari ishtirokida o‘tgan maxsus matbuot anjumida ma’lum qilindi.

Anjuman klubda o‘tkazilgan ichki audit tekshiruvidan so‘ng tashkil etildi. Unda so‘z olgan amaldagi rahbar Joan Laporta jumladan shunday degan: "O‘rganishlar mobaynida shubhali amaliyotlar aniqlandi. Asossiz pul o‘tkazmalari, yolg‘on asosga ega va manfaatsiz to‘lovlar amalga oshirilgan. Biz samoviy qarzdorlik mavjud bo‘lgan iqtisodiy vaziyatni meros qilib olganmiz. Klub prokuraturaga murojaat qildi. Sosyos jamoamizni bu ayanchli holatga olib kelgan harakatlar haqida bilishga haqli".

Anjumanda raqamlar haqida iqtisodiy masalalar bo‘yicha vise-prezident Eduard Romeu to‘xtalib o‘tdi. "Bartameu klubning qarzlari yarim milliard bo‘lishi kerak, deb aytgan. Amalda qarzlar 1 mlrd. 350 million yevro qiymatida. "Barselona" so‘nggi ikki yilda 600 million yo‘qotgan. Buning 135 million yevrosigina koronavirus oqibatidagi zararlardir".

O‘z navbatida Romeu endilikda oqibatlar bilan kurashish uchun ko‘rilgan choralar haqida ham aytib o‘tgan. Ta’qidlanishicha, hozir klub qisqa muddatli qarzlar evaziga moliviy amaliyotlarni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, futbolchilar maoshidan jami 159 million yevro qisqartirishga erishilgan.

Keyinchalik so‘z olgan yurist Xaume Kampaner masalaning huquqiy aspektlariga to‘xtalgan. Aytildiki, ular (Bartameu va uning komandasi) faoliyatlari davrida o‘ta manfaatsiz qarorlarni ko‘p qabul qilgan. Juda ko‘p o‘rinlarda sun’iy ravishda oshirilgan, ehtiyojsiz yuzaga keltirilgan to‘lov va xaridlar kuzatilgan. Klub imijini yaxshilash kabi maqsadlarning o‘ziga bir necha million harajat qilingan, transfer chog‘i agentlar bilan shaffof bo‘lmagan kelishuvlar aniqlangan, shartnomalar imzolagach uchinchi shaxslarga 10 milliongacha to‘lovlar o‘tkazilgan holatlar mavjud.

Endilikda surishtiruv natijalari Kataloniya prokuraturasiga taqdim etilgan.

O‘z navbatida sobiq prezident Bartameu audit hech qanday yangi va g‘ayrioddiy tafsilotlarni taqdim etmaganiga ishonmoqda.

Vaziyatni kuzatib boramiz.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 07:40, 05.02.2022.
O'qildi: 4776 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.