Fransiyaning «Lill» klubi bosh murabbiyi Joslen Gurvennek «PSJ» bilan o‘yin oldidan hujumchi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
«Men barcha o‘yinlarni ko‘rganim yo‘q, bir-ikkita o‘yinni ko‘rib, fikr yuritib bo‘lmaydi. Uni Fransiyada ko‘rish - ajoyib yangilik va uning bizning chempionatimizdagi ishtiroki har doim ajoyib yangilik hamda ijobiy narsadir.
U biroz muammoga duch keldi, lekin u hali ham ajoyib futbolchi. Messi buyuk o‘yinchi va tarixdagi eng buyuklardan biri bo‘lib qolmoqda. Umid qilamanki, u yana ko‘p yillar mobaynida futbol o‘ynaydi», — dedi «Lill» ustozi.