Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

La Liga: Gollarga boy bo‘lgan va asabiy o‘tgan o‘yinda "Barselona" g‘alaba qozondi

La Liga: Gollarga boy bo‘lgan va asabiy o‘tgan o‘yinda "Barselona" g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 23-turida "Barselona" maydonida Madridning "Atletiko" klubini qabul qildi.

Uchrashuv so‘zsiz turning markaziy uchrashuvi edi. Qolaversa, maydon egalari qishki transfer oynasida o‘z safiga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shib olganidan keyin, yangi "Barselona"ning ko‘rsatadigan o‘yini ko‘pchilik uchun shubhasiz qiziq edi.

Bellashuv nafaqat gollarga boy bo‘ldi, balki asabiy tarzda ham o‘tdi. "Barselona" yordamchi murabbiyi va Dani Alveshlarga ko‘rsatilgan qizil kartochkalar so‘zimizga yaqqol isbot bo‘la oladi.

Uchrashuvda mehmonlar hisobni ochishdi. Luis Suaresning o‘ng qanotdan oshirib bergan to‘pini himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Karrasko qiyinchiliksiz Ter Shtegen darvozasiga aniq yo‘lladi - 0:1.

O‘tkazib yuborilgan goldan "Barselona" aslo o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va o‘z baxtini raqib jarima maydonchasi ichida izlashni boshladi. Bellashuvning 10-daqiqasida Dani Alvesh o‘ng qanotda to‘pni qabul qilib olib, qarama-qarshi qanotda raqib jarima maydonchasiga yorib kirayotgan Albaga to‘pni aniq yetkazib berdi. "Barselona"ning chap qanot himoyachisi esa to‘pga to‘xtatmasdan zarba berdi va mehmonlar darvozaboni bu zarba oldida ojiz qoldi - 1:1.

Hisobni tenglashtirib olganidan keyin "Barselona"ning o‘yini "ochilib" ketdi va birin-ketin hujumlar uyushtirishni boshladi. Jamoa tarkibiga yangi kelib qo‘shilgan Adama Traorening o‘ng qanotda faolligi 21-daqiqasiga kelib o‘z mevasini berdi. Aynan uning oshirib bergan to‘pidan so‘ng Gabi boshi bilan "Atletiko" darvozasini ishg‘ol etdi -2:1.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotgan paytda qanotdan oshirib berilgan to‘pga Pike bosh bilan zarba yo‘lladi, lekin bu safar "Atletiko" darvozasi ustuni bu zarbani qaytargan bo‘lsa, qaytgan to‘pga Ferran Torres akrobatik usulda zarba bermoqchi bo‘ldi, ammo, o‘xshamadi, lekin Arauxo to‘pga aniq zarba berib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham "Barselona"ning ustunligi bilan boshlandi. Uchrashuvning 49-daqiqasida raqib jarima maydonchasiga oshirib berilgan to‘p "Barselona"ning ikki futbolchisiga tegmay, Alveshga kelib tushdi, Dani esa uni chiroyli tarzda madridliklar darvozasiga joylab qo‘ydi - 4:1.

58-daqiqada esa Xose Ximenesning oshirib bergan to‘pini Luis Suares sobiq jamoasi darvozasiga yo‘llab, hisobni qisqartirdi - 4-2.

Bellashuvning 68-daqiqasida Dani Alvesh Karraskoning ortidan kelib oyog‘iga zarba berdi. Bosh hakam VAR tizimiga murojaat qildi va braziliyalik himoyachini maydondan chetlashtirildi.

Shu tariqa, qariyb 20 daqiqa bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan "Barselona" muhim uchrashuvda "Atletiko"ni mag‘lubiyatga uchratib, to‘rtinchi o‘rin uchun muhim qadamni tashladi.

Ispaniya La Ligasi, 23-tur.    

6 fevral, 20.15, «Kamp Nou», 74 221 tomoshabin.

Gollar: 0:1 – 8 Karrasko, 1:1 – 10 Alba, 2:1 – 21 Gavi, 3:1 – 43 Arauxo, 4:1 – 49 Dani Alves, 4:2 – 58 Suares.

"Barselona" – ter Stegen, Dani Alves, Pike, Arauxo, Alba, Buskets, de Yong, Pedri (Niko Gonsales, 66), Gavi (Dest, 71), Traore (Obameyang, 61), Ferran Torres.

"Atletiko" – Oblak, Vrsalko (Vass, 46), Savich, Ximenes, Ermoso (Mateus Kunya, 55), Koke (Errera, 76), de Paul, Lemar (Reynildu, 55), Karrasko, Suares, Joau Feliks (Korrea, 56).

Ogohlantirishlar: Alba (52), de Yong (72), Vass (89), Errera (90).

Chetlatish: Dani Alves (69).

Kiritildi: 22:09, 06.02.2022.
O'qildi: 2935 marta.
Fikrlar: 51 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.