Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

O‘zbekiston terma jamoasi Parij «Katta Dubulg‘a» turnirini 3 bronza medali bilan yakunladi

O‘zbekiston terma jamoasi Parij «Katta Dubulg‘a» turnirini 3 bronza medali bilan yakunladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Biroz avval -81 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev Parij «Katta Dubulg‘a» turniri sovrindoriga aylandi. Qoraqalpoq o‘g‘loni bronza medali uchun kechgan bellashuvda kanadalik Fransis Gautiyerga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini qo‘shimcha bo‘limda mag‘lubiyatga uchratdi.

Takidlash joizki, Sharofiddin Boltaboyev bronza medal bilan birga 500 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi.

Yana bitta dzyudochimiz -90 kg vazn toifasidagi Davlat Bobonov kurashsiz musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Tokio Olimpiadasi bronza medali sovrindorining raqibi gruziyalik Beka Griniashvili yarim finalda taqiqlangan harakat uchun xansoke, ya’ni jazo olgani uchun tatamiga chiqmadi. Natijada avtomatik ravishda g‘alaba Bobonovga taqdim etildi.

-100 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Muzaffarbek To‘raboyev bronza medali uchun kechgan bellashuvda niderlandiyalik tajribali raqib Mixael Korrelni ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

Shunday qilib, Parij «Katta Dubulg‘a» turniri terma jamoamiz uchun 3 bronza medali bilan yakunlandi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchilarimizni va ularning yaqinlarini, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi mutasaddilarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab qoladi.

Kiritildi: 23:59, 06.02.2022.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик