"Nissa" himoyachisi Jordan Amavi bo‘lajak o‘yinlarda jamoasiga yordam berma olmaydi.
"L'Équipe" nashri xabariga ko‘ra, Amavi tizzasidan olgan jarohati sababli keyingi 5-6 haftani o‘tkazib yuboradi.
Futbolchi o‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tgan "Klermon"ga qarshi o‘yin oldidan jarohat olgandi.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli fransiyalik futbolchi yanvarda “Marsel”dan ijara asosida jamoaga kelib qo‘shilgandi.