"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirish ishlarini olib bormoqda.
Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, "qirollik klubi" Modrichning yangi shartnomasi uchun biroz vaqt kerak deb hisoblamoqda. U Karlo Anchelotti rejalarida daxlsiz.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli xorvatiyalik futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida nixoyasiga yetadi. Tomonlar uni bir yilga uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.