Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Qishda transferlarga eng ko‘p pul sarflagan klublar (top-8)

Qishda transferlarga eng ko‘p pul sarflagan klublar (top-8)

Baho:
+ | -

Aksariyat Yevropa chempionatlarida qishki transfer oynasi allaqachon yopilgan. Klublar o‘z tarkiblarini imkoni boricha kuchaytirishdi va mavsumning ikkinchi qismini ko‘tarinki kayfiyatda boshlab olishdi. Yanvar oyida ko‘plab transferlar amalga oshdi. Shu sabab, ular haqida batafsilroq ma’lumot berishga qaror qildik. Quyida yanvar oyidagi transferlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan 8 ta klub haqida to‘xtalamiz.

 

“Fiorentina” (28 mln yevro)

“Binafsharanglilar” hujumchi Dushan Vlaxovichni “Yuventus”ga 81,6 million yevroga sotib yuborishdi. Shu bilan birga, “Fiorentina” 28 million evaziga uchta hujumkor futbolchini sotib oldi. Florensiya klubi “Lill”dan vinger Jonatan Ikone va “Bazel” hujumchisi Artur Kabralni o‘z safiga qo‘shib oldi. Har bir transfer “binafsharanglilar”ga 14 million yevrodan tushdi. Bundan tashqari, “Fiorentina” “Gerta” hujumchisi Kshishtof Pyontekni ijaraga oldi. Iqtisodiy jihatdan klub yaxshi ishlarni amalga oshirdi. O‘yin va natijalar qanday bo‘ladi, buni vaqt ko‘rsatadi. Vlahovichning sotuvi jamoaga o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi, chunki serbiyalik futbolchi A seriyaning eng yaxshi to‘purarlaridan biri hisoblanadi.

 

“Tottenxem” (29 mln yevro)

Yanvar oyida “Tottenxem” transferlar ustida ko‘p ishladi. Jovanni Lo Chelso, Tangi Ndombele, Brayan Xil va Jek Klark London klubini ijara asosida tark etishgan bo‘lsa, Dele Alli erkin agent sifatida “Everton” safiga qo‘shildi. Buning evaziga yarim himoyachi Rodrigo Bentankur va vinger Deyan Kulushevskini “Yuventus”dan Angliya poytaxtiga olib kelishdi. “Shporlar” urugvaylik futbolchining 19 million yevro evaziga to‘liq transferini amalga oshirdi, shved esa 10 millionga ijaraga olindi. Mutaxassislar bunga shubha qilishsa-da, Antonio Konte xarid qilingan futbolchilar London jamoasini kuchaytirishiga ishonch bildirmoqda.

 

“Aston Villa” (30 mln yevro)

“Aston Villa” qishki transfer oynasida faol harakat qilishdi. Birmingem klubi to‘rt nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi, ammo ulardan faqat bittasini to‘liq harid qildi. “Everton”ning sobiq himoyachisi Luka Din “Aston Villa”ga 30 million yevro evaziga qo‘shildi, himoyachi Kalum Chembers esa “Arsenal”dan erkin agent sifatida “Villa Park” egalari safiga qo‘shildi. Bundan tashqari, “sherlar” “Barselona” yarimhimoyachi Filippe Koutinyoni, “Roma” darvozaboni Robin Olsenni ijaraga oldi. Hozirda Stiven Jerrardning ixtiyorida juda yaxshi tarkib bor. Ehtimol, ular yordamida StiviJe yaxshi natijalarga erisha olishi mumkin.

 

“Everton” (37,5 mln yevro)

“Everton” yanvar oyida beshta yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Ukrainalik Vitaliy Mikolenko ular ichidagi eng qimmat xaridga aylandi. Yosh himoyachi 23,5 million yevro evaziga Kiyevning “Dinamo” jamoasidan Liverpul klubiga o‘tdi. Himoyachi Neytan Patterson “Reynjers”dan 14 million yevro evaziga “Everton”ga o‘tdi. Yarim himoyachi Dele Alli “Tottenxem”dan “Gudison Park” egalari safiga tekinga qo‘shildi. Ammo, OAV xabarlariga ko‘ra, “irislar” futbolchi klub safida 20 ta o‘yin o‘tkazganidan so‘ng, “shporlar”ga ma’lum miqdordagi summa to‘lashi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, “Everton” “Manchester Yunayted”dan yarim himoyachi Donni van de Bekni va “Aston Villa”dan qanot himoyachisi Anvar El G‘ozini ijaraga oldi. Jerrard singari, Frank Lempard ham jamoasida yaxshi futbolchilarni to‘pladi.

 

“Liverpul” (45 mln yevro)

“Liverpul” yanvar oyida 45 million yevro sarfladi. To‘liq summani bitta futbolchi uchun ishlatdi. “Portu”dan qanot vingeri Luis Diasni xuddi shu summaga sotib oldi. Kolumbiyalik futbolchi Primeyrada yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, shuning uchun mersisaydliklar uni qo‘ldan chiqarishni istashmadi. “Qizillar” an’anaga ko‘ra, bu yil ham mavsum o‘rtalarida ko‘plab yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolamadi. Bu bilan ular klub a’zolari Neko Uilyams va Nataniel Fillipsni tajriba to‘rlash uchun ijaraga berib yuborishdi. Dias chap qanotda harakat qiladi, shuning uchun u katta ehtimol bilan Mane bilan almashib o‘ynaydi

 

“Barselona” (55 mln yevro)

Moliyaviy muammolarni hisobga olib, yanvar oyida “Barselona” transfer bozorida eng faol klublar uchligiga kiradi deb hech kim o‘ylamagandi. Ammo, “ko‘k-anorranglilar” qishda ko‘plab futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi, ulardan biri qanot himoyachisi Ferran Torresdir. Futbolchi uchun “Barselona” “Manchester Siti”ga 55 million yevro to‘ladi. Ammo kataloniyaliklar faqat Ferran bilan cheklanib qolishmadi. “Ko‘k-anorranglilar” “Arsenal” forvardi Pyer-Emerik Obameyangni tekinga qo‘lga kiritdi va Adama Traoreni “Vulverxempton”dan ijaraga oldi. Bungacha himoyachi Dani Alves “Barselona”ga qaytishga ulgurgandi. Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta yozda ko‘proq transferlarni amalga oshirishini va’da berdi. Ammo, ko‘p narsa “Barsa” uchun joriy mavsum qanday yakunlanishiga ham bog‘liq bo‘ladi.

 

"Yuventus" (97,7 mln yevro)

“Yuventus” qishki transfer oynasining asosiy qahramonlaridan biriga aylanishdi. Turin klubi “Fiorentina”dan hujumchi Dushan Vlaxovichni 81,6 million yevro evaziga sotib oldi. Bunday mablag‘ni bunday sharoitda, ayniqsa mavsum o‘rtalarida sarflash har bir klubning qo‘lidan kelavermaydi. Ammo “keksa sinyora” faqat serb futbolchisi bilan cheklanib qolmadi.

Turinliklar Menxengladbaxning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Denis Zakariyani 8,6 million yevroga va himoyachi Federiko Gattini “Frozinone”dan 7,5 million yevroga sotib oldi. Gattini mavsum oxirigacha B seriyada qoladi. Vlahovich va Zakariya esa klub safiga qo‘shilib, hatto “Yuventus” safidagi birinchi o‘yindayoq gol urishga ulgurishdi. Bu “byankonerilar” rahbariyatini xursand qilgani tayin.

 

“Nyukasl” (102 mln yevro)

Ma’lum bo‘lishicha, yanvar oyida eng ko‘p pul sarflagan klub “Nyukasl” bo‘lgan. “Qarg‘alar” yarim mavsumda atigi 3 ta gol urgan 30 yoshli hujumchi Kris Vudni “Byornli”dan 30 million yevroga xarid qildi. Himoyachilar Kiran Trippyer va Den Byorn klubga 15 million yevrodan tushdi. Birinchisi “Atletiko”dan, ikkinchisi “Brayton”dan “Sent-Jeyms Park” egalari safiga ko‘chib o‘tdi. Yarim himoyachi Bruno Gimaraysh “qarg‘alar” uchun eng qimmat transfer bo‘ldi, buning uchun ular “Lion”ga 42 million yevro to‘lashdi. “Nyukasl” faqat himoyachi Mett Targetni tekinga qo‘lga kiritda. Shubhasiz, yozda “Nyukasl” shov-shuvli transferlarni amalga oshiradi, ammo buning uchun ular ingliz futboli elitasida qolishlari kerak.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 17:55, 09.02.2022.
O'qildi: 5036 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.