Italiya hamda "Yuventus" jamoalarining sobiq a’zosi Janluiji Buffon AQSH milliy chempionatida to‘p surishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, 44 yoshli darvozabonga MLS klublaridan takliflar kelib tushmoqda.
U bu mavsumni ikkinchi divizion jamoasi "Parma" bilan o‘tkazmoqda. Afsonaviy posbon bu mavsumda 21 ta bahsda ishtirok etib, 7 marta quruq o‘yin o‘tkaza oldi.
Buffon 1995-1996 yilgi mavsumda ilk bor aynan "Parma"da o‘z faoliyatini boshlagan edi.