Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

«Real» TV boshladi!

«Real» TV boshladi!

Baho:
+ | -2

«Real» klub televideniyesi La Liganing 2-turida «Espanyol»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi hakamlikni keskin tanqid qildi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida kataloniyaliklar yarim himoyachisi Aleks Kalatrava raqib vingeri Vinisius Juniorni yiqitdi va shundan so‘ng yerda yotgan braziliyalik futbolchining orqasiga oyog‘i bilan zarba berdi. Bosh hakam Xose Mariya Sanches Martines 26 yoshli ispaniyalik futbolchini jazolamadi.

«Sanches Martines unga sariq kartochka ko‘rsatmadi. Bu mursiyalik hakamning o‘yindagi ilk jiddiy qarori edi va u keyin ham shu ruhda davom etdi. VAR xonasida ishlagan Figeroa Vaskes ham xuddi shunday yo‘l tutdi.

Vinisiusni o‘yindan chiqarish uchun unga nisbatan qayta-qayta qoida buzildi va bu follar jazosiz qoldi. Lamin Yamalga nisbatan esa arzimas qoidabuzarlik uchun ham sariq kartochka ko‘rsatiladi», — dedi «Real» klub telekanali boshlovchisi.

Kiritildi: 07:09, 25.08.2026.
O'qildi: 3504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик