Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

La Liga. Bir kishi kam “Atletiko” irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

La Liga. Bir kishi kam “Atletiko” irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Uchrashuvning 19-daqiqasida “Atletiko” hujumchisi Anxel Korrea hisobni ochdi. 27-daqiqada madridlik futbolchisi Mateus Kunya ustunligini ikkitaga oshirdi — 2:0.

“Xetafe” futbolchisi Borxa Mayoral 30-daqiqada hisobni bittaga qisqartirdi. Turkiyalik hujumchi Enes Unal 37-daqiqada gol urib, hisobni tenglashtirdi. U 5 daqiqadan so‘ng jamoasini oldinga olib chiqdi — 2:3.
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Anxel Korrea dubl qayd etdi. Uchrashuv so‘nggida Madrid klubi himoyachisi Mario Ermoso “matraschilar”ning irodali g‘alabasini ta’minladi — 4:3

Qayd etish kerakki, “matraschilar” hujumchisi Luis Suares 9-daqiqada penaltini golga aylantira olmadi.

59-daqiqada madridliklar himoyachisi Felipe qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

"Atletiko" 39 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Xetafe” 25 ochko bilan 15-o‘rinni band etgan.

“Atletiko” – “Xetafe” — 4:3

“Vanda Metropolitano”

Gollar: 1:0 – 19 Korrea, 2:0 – 27 Mateus Kunya, 2:1 – 30 Mayoral, 2:2 – 37, penalti Unal, 2:3 – 42, penalti Unal, 3:3 – 45 Korrea, 4:3 – 89 Ermoso.

Atletiko” – Oblak, Savich, Felipe, Reynildu, Lemar, Koke, Kondogbia (de Paul, 74), Lyorente, Korrea (Vrsalko, 74), Suares (Ermoso, 60), Mateus Kunya (Joau Feliks, 74).

Xetafe” – Soriya, Suares, Mitrovich (Mata, 76), Djene, Kuenka, Yankto (Silva, 81), Maksimovich, Arambarri, Oskar Rodriges (Vilyar, 81), Unal (Yokushlu, 55), Mayoral.

Ogohlantirishlar: Savich (3), Lekomt (13), Djene (15), Maksimovich (20), Arambarri (22), Koke (45), Suares (45).

Chetlatish: Felipe (58).

Kiritildi: 03:08, 13.02.2022.
O'qildi: 2735 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.