Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

APL. "Lester" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan boy berdi

APL. "Lester" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan boy berdi

Baho:
+ | -

Biroz oldin APL 25-turidan o‘rin olgan "Lester" hamda "Vest Xem" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Mazkur bahsda jamoalar 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Dastlab, 10-daqiqada Bouen hisobni ochdi. So‘ngra Tilemans va Pereyra tomonidan urilgan gollar evaziga "tulkilar" oldinga chiqib oldi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Douson gol urib, muvozanatni tikladi.

Ayni vaqtda "bolg‘achilar" 41 ochko bilan APL turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. 27 ochkosi bor "Lester" 11-pog‘onadan joy olgan.

"Lester" – "Vest Xem" - 2:2 (1:1)

Gollar: Bouen, 10 - 0:1, Tilemans, 45 (s penalti) - 1:1, Rikardu Pereyra, 57 - 2:1, Douson, 90+1 - 2:2

"Lester": Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Amarti, Seyundjyu, Djastin (Tomas, 31), Ndidi, Tilemans (Vestergor, 90), Dyuzberi-Xoll, Meddison (Lukman, 73), Barns, Daka.

"Vest Xem": Fabianski, Soufal (Frederiks, 67), Douson, Diop, Kressuell, Lansini (Benraxma, 79), Souchek, Rays, Fornals (Vlashich, 79), Antonio, Bouen.

Kiritildi: 23:34, 13.02.2022.
O'qildi: 2264 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик