Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Prezident bo‘lish istagidagi afsonaviy darvozabon

Prezident bo‘lish istagidagi afsonaviy darvozabon

Baho:
+ | -

 

Futbol tarixida ajoyib darvozabonlar ko‘p. Asosiy inqilobchilardan biri darvozabonlar o‘yinini diversifikasiya qilgan Lev Yashin hisoblanadi. Ammo bir necha o‘n yil o‘tgach, kimdir yanada noyob narsalarni yaratdi. Bu paragvaylik Xose Luis Chilavert edi.

Chilavert - darvozabon-to‘purar. U o‘z pozisiyasida gol urish bo‘yicha rekordchi. Xose darvozabonlar orasida xet-trikning yagona muallifi (uchala gol ham penaltidan kiritilgan). Chilavertning faoliti 1980 yillarda boshlangan, 2000 yillarning boshida tugagan.

Ammo faoliyatini yakunlaganidan keyin ham Chilavert sermashaqqat hayot kechiradi. Avvalo, u soxta hujjatlardan foydalangani uchun olti oylik shartli qamoq jazosini o‘tagan va shundan beri u turli xil mojarolarga aralashib charchamadi. Agent bilan jang, britaniyalik diplomatga nisbatan gomofobik so‘zlar va KONMEBOL (Janubiy Amerika Futbol Federasiyasi) prezidentini jonli efirda korrupsiyada ayblagan.

 2018 yilda Chilavert hatto Diyego Maradona bilan ham dahanaki janjallashib qoldi. Argentinalik futbolchi Xoseni semiz deb atagan va u jim turmagan. Bunga javoban Chilavert Maradonaga shunday javob qildi: “Men giyohvand bo‘lmagan baxtli semiz odamman”.

O‘tgan yilgi intervyusiga ko‘ra, Chilavert futbolni sog‘inmaydi: “Futbolni sog‘inmayman. Xudo menga futbol o‘ynash imkoniyatini berdi va men erishgan barcha narsalarim uchun undan minnatdorman. Darvozabonlik olamida o‘z merosimni qoldirdim deb o‘ylayman. Men hamma narsaga fidoyilik va mehnat orqali erishganimdan faxrlanaman. Men hech narsani osongina qo‘lga kiritmaganman. Menda nostalgiya yo‘q, faqat ajoyib xotiralar bor.

2020 yilda Chilavert hayotida yangi sahifa boshlandi. Sobiq futbolchi vatandoshlarining ko‘plab iltimoslarini tingladi (Xose o‘z vatanida juda nufuzli va obro‘li shaxs) va 2023 yilgi saylovlar arafasida Paragvay prezidentligiga nomzodini qo‘yish qarorini ma’lum qildi.

   To‘g‘ri, Chilavert saylovda ishtirok etish borasida yakuniy qarorga kelmaganga o‘xshaydi. So‘nggi paytlarda u deyarli matbuot bilan aloqa qilmadi. Quyida keltirib o‘tilgan intervyuda Xose hamma narsani tushuntirib berdi: "Men bir dilemmaga duch keldim - o‘z mamlakatim siyosatiga aralashish yoki aralashmaslik. Shu bois jurnalistlar bilan gaplashmaslikka qaror qildim. Hamma sizning nima qilayotganingizni bilishni xohlaydi, shuning uchun men ulardan qochaman. Lekin ishoning, men odamlarni hurmat qilaman. Mendan surat yoki dasxat so‘rashsa, hech qanday muammo bo‘lmaydi. Men uchun odamlarni qoyil qoldirish sharafdir”.

 O‘tgan yili Chilavert Lionel Messi libosiga ega bo‘ldi, Xose esa Twitter sahifsiga suratini joylashtirdi. Rasmdan yulduz darvozabonni tanib olish qiyin bo‘ldi. Negaki, uning tashqi ko‘rinishi ham ancha o‘zgargan. Undagi ortiqcha vazn yaqqol ko‘zga tashlanadi. 

Albatta, siyosatchi Chilavertni nafaqat mamlakatdagi umumiy vaziyat, balki futbol sohasi ham tashvishga solmoqda. Bolalarning kasbga kirishish chog‘ida qanday qiyinchiliklarga duch kelishi haqida afsonaviy darvozabon shunday deydi: “Afsuski, siyosatning kirlari allaqachon futbolga kirib borgan va uni o‘ldirmoqda. Karyera orzu qilgan bola sayohatning boshidanoq azob chekadi. Uning ba’zi tengdoshlarining ota-onalari katta odamlar bilan do‘st va ularning kelajagi kafolatlangan. O‘sha yigitchalar futbolchi bo‘lishi muammo emas, garchi futbol o‘ynashni eplolmasada. Natijada, iqtidorli yoshlar ko‘chada qoladi, psixologik bosimdan chiqish uchun sohilga boradi. Bunday holatlar juda ko‘p davlatlarda bor. 13 yoshimda men shu muammoga duch kelganman. 20 daqiqadan so‘ng murabbiy menga shunday degandi: “Menda sendek minglab yosh futbolchilar bor. Qaytib kelib vaqtimni behuda o‘tkazma”. Bunday voqealar ko‘p iqtidorli futbolchilar bilan birga sodir bo‘lgan va bu adolatdan emas ".

   Chilavert hozir 56 yoshda. U Prezident bo‘lishni istayotgan bo‘lsa, unga bitta misol keltiramiz: 1995 yilda Jorj Vea "Milan"da o‘ynadi va "Oltin to‘p"ni oldi, 2018 yildan esa u vatani Liberiya prezidenti bo‘ldi. Endi aytingchi, nega Chilavert prezident bo‘la olmasligi mumkin. Unda barcha imkoniyatlar mavjud.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:27, 14.02.2022.
O'qildi: 2610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.