Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Rangnik: «O‘yinchilar o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yishmoqda»

Rangnik: «O‘yinchilar o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yishmoqda»

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Angliya chempionatining 25-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (1:1). "MYU" so‘nggi 6ta uchrashuvning 4tasida birinchi bo‘limda oldinda borayotib, o‘yin so‘ngiga qadar g‘alabani qo‘ldan chiqarmoqda. Bu borada klub bosh murabbiyi Ralf Rangnik o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Biz o‘tkazgan 13ta o‘yinning 11tasida birinchi bo‘limda oldinda bordik, so‘nggi 3ta o‘yinda esa durangga imzo chekdik. Bu futbolchilarning ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ular 2:0 yoki 3:0 hisobida oldinga o‘tib olish haqida o‘ylashmoqda, ammo yakunda qayd etilgan 1:1 hisobi futbolchilar ta’sir qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi golni urib, o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishimiz uchun vaziyatlardan unumli foydalanishimiz zarur. Bu esa o‘yinchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatda qilishim mumkin bo‘lgan yagona ish shuki, har bir futbolchi bilan yakkama-yakka gaplashib, ular vaziyatni tushuntirishim kerak.

Albatta, kelgusi mavsumda nima qilish kerakligini bilaman, ammo hozirda bu eng muhimi emas. Hozir esa ushbu tarkibga suyangan holda kerakli natijaga erishish", — dedi Rangnik.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 22:10, 14.02.2022.
O'qildi: 2596 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик