Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Legionerlarimiz: Yevrokubok oldidan «dubl»

Legionerlarimiz: Yevrokubok oldidan «dubl»

Baho:
+ | -

Eron.

Eron chempionati 17-turidan o‘rin olgan «Istiqlol» — «Zob-Ohan» o‘yini 1:0 hisobida yakunlandi. Yaqinda Tehron jamoasi safiga qo‘shilgan hamyurtimiz Aziz Amonov zaxiradan maydonga tushdi. U qo‘shimcha daqiqalarda gollari hisobini ochishi ham hech gap emasdi, biroq ikki raqibni aldab o‘tgan holda yo‘llagan zarbasini «Zob-Ohan» kiperi sehrli tarzda bartaraf etdi. Amonov deb­yutidan oldin O‘FA matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berib, Eron klubida yaxshi kutib olinganini alohida ta’kidladi: «Istiqlol» bilan muzokara ketayotgani haqida eshitgandim. Yakunda barchasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Klubda meni iliq kutib olishdi. Xudo xohlasa, o‘z ustimda ishlab, o‘sishga erishaman. Eron chempioni bo‘lib, jamoa tarixiga kirishni istayman. Terma jamoaga kelsak, Dubay yig‘in yaxshi o‘tdi. Koronavirus tufayli o‘rtoqlik o‘yinlari kamroq tashkil etilgan bo‘lsa-da, yig‘inga chaqirilgan har bir futbolchi sport formasini yaxshi darajada ushlab turdi». Ma’lumot uchun, 24 yoshli ham­yurtimiz «Istiqlol» bilan 2,5 yillik shart­noma tuzdi.

Italiya.

Calciomercato nashri yozda «Roma» tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘lishini taxmin qilmoqda. Jumladan, Eldor Shomurodovning «bo‘rilar» bilan xayrlashishi ehtimoli katta emish. «Roma» natijalariga kelsak, rimliklar o‘tgan hafta avvaliga Italiya kubogi 1|4 finalida «Inter»ga 0:2  hisobida yutqazishdi, keyin «A» seriya 25-turi doirasida «Sassuolo» mehmoni bo‘lib, 90}4-daqiqada urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi - 2:2. Shomurodov kubok bahsida maydonga tushmadi, keyingisida esa faqat 69-daqiqadan e’tiboran harakatlandi.

S.Arabistoni.

Jaloliddin Masharipov «Al-Nasr»ning «Al-Ittihod» maydonidagi o‘yinida ham safga zaxiradan qo‘shildi (80-daqiqada). Saudiya Premyer-ligasi 20-turi doirasidagi mazkur bahs mezbon jamoaning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Qatar.

«Al-Sayliya» Yulduzlar ligasi 18-turida «Al-Rayyan» bilan kuch sinashib, murosa ko‘chasida to‘xtadi - 1:1. Jamoa goliga O‘zbekiston termasi yarim himoyachisi Doston Hamdamov assistentlik qildi. Umuman, ham­yurtimiz «Sayliya»ning boshlang‘ich tarkibidan joy olib, 80-daqiqagacha maydonda bo‘ldi.

Qozog‘iston.

Jasur Jaloliddinov «Qayrat» futbolchisi sifatida tanishtirildi. «Jasur jamoamizda ijara kelishuvi asosida o‘ynaydi. Bizda uni to‘liq xarid qilish huquqi ham bor. Shartnoma 2022 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan. Xush kelibsan, Jaloliddinov», - deyildi «Qayrat» matbuot xizmati xabarida. Hamyurtimiz Qozog‘iston klubidagi debyutini Bosniya va Gersegovina chempioni - «Boras»ga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida nishonladi. Aniqrog‘i, Jasur ikkinchi bo‘limda to‘liq vaqt harakatlandi. Yakunda «Qayrat» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jaloliddinov shuningdek, 12 fevral kuni «Navbahor» bilan bahsda ham maydonga tushdi.

Moldova.

«Sherif» Yevropa Ligasi doirasida «Braga»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan «Dinamo-Avto» klubi bilan nazorat o‘yinida bahslashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Diqqatga sazovor tomoni, jamoaning 2ta goliga ham Jasur Yaxshiboyev mualliflik qildi. Eslatma, «Sherif» - «Braga» o‘yini 17 fevralga belgilangan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:13, 15.02.2022.
O'qildi: 3293 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик