"PSJ" Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida "Real"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Yagona gol Kilian Mbappe tomonidan kiritildi. Fransiyalik hujumchi 23 yoshu 1 oyligida Chempionlar ligasidagi 32-golini urib, yangi rekord o‘rnatdi. Ilgari bu yutuq Lionel Messiga tegishli bo‘lib, u 23 yoshu 8 oyligida 32 ta gol urgandi. Shu bilan birga, ikkalasi ham turnirdagi 52 ta o‘yinda 32 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.
"Real" va "PSJ" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 9 mart kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.