Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"PSJ" sport diretkori tanaffus paytida bosh hakamga nima degandi?

"PSJ" sport diretkori tanaffus paytida bosh hakamga nima degandi?

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «PSJ» – «Real» (1:0) uchrashuvida tanaffus vaqtida bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Parijliklar prezidenti Nosir Al-Xelayfi va klub sport direktori Leonardo "PSJ" kiyinish xonasiga borish uchun tribuna ostidagi xonaga tushishdi. U yerda «Real» xodimlari ham bor edi.

Leonardo uchrashuvni boshqarayotgan bosh hakam Daniyele Orsatoga yuzlanib, yarim himoyachi Marko Verrattining 40-daqiqada olgan sariq kartochkasidan noroziligini bildirdi va ogohlantirishga loyiq emasligini aytdi. «PSJ» sport direktorining bu xatti-harakati «Real» vakillariga yoqmadi. Ular bu vaziyatga e’tibor berishdi, chunki klublar o‘rtasida keskin munosabatlar mavjud.

Bir necha kundan keyin Orsato ushbu vaziyatni o‘yin protokoliga kiritgan-kiritmaganligi ma’lum bo‘ladi. Agar u bu vaziyatni protokolga kiritgan bo‘lsa, u holda tartib-intizom qo‘mitasi vaziyatni ko‘rib chiqadi va Leonardoni jazolash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Kiritildi: 00:42, 17.02.2022.
O'qildi: 1722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик