"Milan" klubi direktorlari Paolo Maldini va Frederik Massara jamoa hujumchisi Rafael Leao bilan uchrashishdi.
Ular futbolchini jamoa tarkibidagi 100-o‘yinini o‘tkazgani bilan tabriklashgan. Shuningdek, rahbariyat iloji boricha tezroq u bilan yangi kelishuv tuzmoqchi. Leaoga hozirgi kunda Yevropaning bir qator grand klublari qiziqish bildirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli portugaliyalik futbolchining "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.