Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Markus Tyuram: «Ronaldinyoga qarab, otamning buyukligini anglagandim...»

Markus Tyuram: «Ronaldinyoga qarab, otamning buyukligini anglagandim...»

Baho:
+ | -

Markus Tyuram joriy mavsum boshida katta to‘lqin ichida edi. Har holda, ikki yil davomida Menxengladbax «Borussiya»sida yaqqol o‘sishga erishgan, jismonan kamolotga yetib, yulduzli tarkibga ega Fransiya milliy jamoasiga bosh suqqan hujumchi Yevropa birinchiligida qatnashdi. Xullas, Markus 24 yoshida yevrofutboldagi eng talabgir iqtidorlar qatoriga kirdi. Jumladan, «Inter» fransiyalik futbolchiga asosiy transfer nishoni sifatida qarayotgandi. Biroq keyin hammasi birdan o‘zgarib ketdi...

Kutilmagan jarohat

- Ochig‘i, «Bayer»ga qarshi kechgan o‘sha uchrashuvda nima bo‘lganini avvaliga tushunmadim. Zero, o‘yin jarayonida hamisha jo‘shib turasan, harakatdan to‘xtashni istamaysan. Esimda, shifokor yana 10-15 daqiqa o‘ynay olish-olmasligim haqida so‘radi. Bunga javoban ijobiy ma’noda bosh irg‘adim. Biroq atigi 3-4 daqiqadan so‘ng o‘yinni davom ettirishim mumkin emasligini angladim va murabbiyga meni almashtirishi haqida ishora berdim. Kechqurun og‘riq yanada kuchaydi, bundan kayfiyatim tushib ketdi. Ertasiga tekshiruvdan o‘tdim va vaziyat jiddiy ekanligini aytishdi. Qisqasi, yoqimsiz tashxis qo‘yildi, chamasi 12 haftacha maydonga tusholmasligim oydinlashdi.

Jarohatdan keyingi holat

- Albatta, Yevropa chempionatidan qaytgach, kelajakka katta umid bog‘lagan va mavsum startini juda intiqlik bilan kutgandim. Ammo bu jarohat shunchaki, kichik muvaffaqiyatsizlik, xolos. Deylik, majburiy tanaffus vaqtida barchasi haqida obdon o‘ylash imkoniyati tug‘ildi: diqqatni jamladim, nima xohlayotganimni aniqlashga urindim, Germaniya­da o‘tgan ikki mavsumni to‘liq tahlil qildim. Shu asnoda o‘yin­ning qaysi jihatlarini yanada yaxshilashim kerakligi yuzasidan muayyan xolasaga keldim. Qolaversa, shaxsiy hayotim haqida o‘ylashga ham vaqt bo‘ldi. Axir futbolchi uchun kunlik mashg‘ulotlar va o‘yinlar odatiy hol hisoblanadi. Ya’ni maydonga tushasiz, faqat o‘yin haqida bosh qotirasiz, boshqa ishlar bir chetda qolib ketadi. Umuman, ulg‘ayganim sayin ruhiy holat chindan ham, o‘ta muhim ekanligini teran tushunib boryapman. Bu masalada yakdil fikrda ham to‘xtadim: maydonda qanday harakatlanishing bevosita ruhiy holatingga bog‘liq. Harqalay, muvaffaqiyatning kamida 50  foizini aynan ruhiy muvozanat belgilaydi. Otam bilan o‘zaro suhbatlarda ham ko‘pincha shu masalada fikr almashamiz.


Otasi Lilian Tyuramga ta’rif

- Ochiq aytaman, Italiyadagi hayotim davomida otamning qanday futbolchi ekanligini to‘liq tushunmaganman. Uning naqadar buyukligini Barselonaga ko‘chib o‘tganimizdan keyingina bilgan bo‘lsam kerak. O‘shanda atigi 10 yoshli bolakay edim va «Barselona» bazasida Ronaldinyoni ilk marta ko‘rdim. Keyin otamning braziliyalik yulduz bilan mashg‘ulotlarda qanday ishlashini kuzatdim. Oddiy aytganda, Ronaldinyoga qarab, otam benazir ijrochilar qatorida ekanligini ang­ladim, uning chinakam buyuk futbolchiligini ham.


Buyuk futbolchining o‘g‘li bo‘lish bosimi

- Zimmamga katta mas’uliyat va bosim tushishini bilardim, shuning barobarida atrofda yangraydigan gap-so‘zlar va shov-shuvlarga befarq qarashga urindim. Chunki boshidayoq ozgina chalg‘isam, o‘zligimni namoyon etolmasligimni tushunganman. Familiyam tufayli muxlislar mendan katta mo‘’jizalar kutishlari tayin edi. Tabiiyki, ulg‘ayganim sari hamma yanada yaxshiroq to‘p surishimni talab eta boshladi. Asosiysi, bunga uncha ahamiyat qaratmadim. Deylik, mutaxassislar bergan bahoga ham yopishib olmadim va faqat o‘zim xohlagancha o‘ynashga odatlandim. Yana bir gap: bosim kuchaygan payt otamning faoliyatiga o‘rnak sifatida qarayman. Umuman, u nafaqat futbol, balki kundalik hayotda ham menga katta yordam beradi.


Bolalik davri

- Men bilan birga shug‘ullangan tengdoshlar orasidan ko‘plab umidli futbolchilarni sanab chiqishim mumkin. Chindan ham, ajoyib yigitlar davrasida ulg‘ayganman. Misol uchun, 14 yoshda Parijning ACBB klubida Allan Sen-Maksimen bilan birga o‘ynaganman. O‘shandayoq uning saviyasi yaqqol ko‘zga tashlangan edi. Mana, Allan bugun APLda to‘p surmoqda. Fantastik yigit va futbolchi. U to‘pni qabul qilib olgani zahoti maydon uzra uchardi, go‘yo. O‘zimga kelsak, yorqin istiqbolga ega yosh iste’dodlar qatorida emasdim, lekin mashg‘ulotlarda bor kuchim bilan tirishardim, ishimni juda yaxshi ko‘rardim. Albatta, hozir ham shunday. O‘ylaymanki, aynan shu kuchli muhabbat tufayli professional futbolga o‘tdim.


Bundesligaga qadam 
tashlash tarixi

- Menxengladbax «Borus­siya»sidan taklif olganimda, bir qator do‘stlarim Bundesligaga ko‘chib o‘tishga ulgurgandilar. Xususan, Germaniyaga juda vaqtli yo‘l olgan Kingsli Koman «Bavariya»da binoyidek o‘ynay boshlagandi, shuningdek, Dayo Upamekano, Ibrohim Konate va Jan-Kevin Ogyusten «RB Leypsig»dan qo‘nim topishgandi. O‘zi Bundesliga - aql bovar qilmaydigan liga. Ayniqsa, muxlislik darajasi har qanday futbolchini esankiratib qo‘yishi hech gap emas. O‘yin uslubi esa, shunchaki, vahshiyona. Xullas, Bundesliga - yosh futbolchi rohatlanib o‘ynaydigan ajoyib turnir. Iste’dodi bor yigit bu ligada o‘sishga erishadi, albatta. Bu fikrga dalillar yetarli.


«Borussiya»dagi yorqin o‘yinlar

- Yevropa Ligasida «Roma» darvozasiga urgan golim hech esimdan chiqmaydi. O‘shanda muxlislar bilan muloqot takrorlanmas his-tuyg‘ularni uyg‘otgandi. Chunonchi, raqib darvozasini o‘yinning so‘nggi daqiqalarida ishg‘ol qilganim gol qadrini oshirib yuborgandi. Bundan tashqari, Chempionlar Ligasida «Real» darvozasini nishonga olganim ham alohida lahzadir. O‘tgan yili CHLda ilk marta ishtirok etdim va bu men muntazam o‘ynashni xohlaydigan turnir ekanligini angladim. Bunday musobaqalar o‘yinlarida uchish uchun qanot hosil qilasiz, go‘yo. Keskin ko‘tarilish sababini esa tushuntirib berolmayman. Atrofda hammasi ajoyib. Vaholanki, o‘sha mavsum muxlislarsiz tribunalar ostida o‘ynashimizga to‘g‘ri kelgandi. Mana, ular tribunalarga qaytishdi. Endi muxlislarga to‘la stadionda maydonga tushish qandayligi, manzara nechog‘li go‘zal bo‘lishini tasavvur qilib olavering. Aql bilan idrok etish qiyin holat... Ha, Chempionlar Ligasi oqshomlari haqiqatan ham, mutlaqo o‘zgacha.

Fransiya terma jamoasidagi istiqboli

- Esimda, terma jamoa yig‘iniga chaqirilganlar ro‘yxati e’lon qilingach, Bundesligadagi fransiyalik barcha yigitlar mening xonamda to‘plangan edik. Xullas, kompyuterimni yoqdik va katta hayajon ostida ro‘yxat bilan tanishdik. Ilk munosabatimiz shunchaki, yovvoyilik edi, axir Karim Benzemaning jamoaga qaytarilganini ko‘rdik. Ke­yin tarkibda Markus Tyuram borligini ko‘rgach, xona shunchaki, «portladi».

«Inter» tomonidanqiziqish

- «Inter» - jahon futbolidagi eng katta klublardan biri. Shunday ekan, jamoaning menga qiziqayotganidan xabar topgach, rosa suyundim. Yevro-2020dan qaytayotib, yangi mavsumda o‘zim va klub uchun nimalar qilishim kerakligi haqida bosh qotirdim. Keyin o‘zimni atrofdagi gap-so‘zlardan cheklashga qaror qildim. Chunki bir maromda ishlashni davom ettirish va boshqa narsalarga chalg‘imaslik muhim edi. Hozir ham xuddi shunday munosabat saqlanib turibdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:13, 19.02.2022.
O'qildi: 2076 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.