Fransiyalik vinger Allan Sen-Maksimen "Nyukasl" mashg‘ulotlarida jarohat oldi, deya xabar berdi "Sky Sports".
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi bu jarohati tufayli keyingi 2-3 haftani lazaretda o‘tkazib yuborishi mumkin.
24 yoshli Sen-Maksimen joriy mavsum "hakkalar" safida jami 25 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol va 3 golli uzatmani amalga oshirdi.