Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

“Onam meni yaxshi ko‘rsa, o‘ldirishini so‘raganman”. Roberto Badjoning xayot falsafasi

“Onam meni yaxshi ko‘rsa, o‘ldirishini so‘raganman”. Roberto Badjoning xayot falsafasi

Baho:
+ | -

 

Bir necha kun avval italyan va jahon futboli afsonasi Roberto Badjo 55 yoshga to‘ldi. Stadion.uz sayti “Oltin to‘p-1993” sovrindorining yorqin, teran va falsafiy iqtiboslar to‘plamini taqdim etadi.

 Kichkinaligimda futbol o‘ynashni orzu qilardim, o‘z o‘yinim bilan odamlarga quvonch baxsh etish uchun futbolchi bo‘lishni istardim. Bu mening asosiy maqsadim edi.

 Futbol har doim mening ishtiyoqim bo‘lgan. Futbolchi bo‘lish uchun hojatxonaga ham koptok bilan borardim.

 Men Zikoning muxlisi edim. Har doim “Flamengo”ningo‘yinlarini televizorda tomosha qilganman. Bugungi kunda televideniye barcha o‘yinlarni namoyish qilmoqda, ammo ilgari bitta o‘yin ko‘rsatilsa ham katta baxt edi.

 Men doimo odamlarni xursand qilishni xohlaganman. Agar buni uddalay olmasam xafa bo‘lardim. Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ham ba’zi voqealarga afsuslanaman.

 Futbol - bu futbolchilar. Murabbiy futbolchining eng yaxshi fazilatlarini ochib berishga yordam berishi mumkin, ammo baribir zarbani qaytaradiganlar, uzatma beradiganlar, darvozaga to‘p tepadiganlar asosiy rol sohiblaridir.

Odamlar mendan o‘zgacha bir narsa kutishlarini avvaldan bilardim. Bu meni xursand qilardi.

 Darvozaga yaqinlasharkanman, vaqt sekinlashib borayotganini his qilardim. Men nima qilishimni va bu eng yaxshi yechim ekanligini oldindan bilardim.

Men eng yaxshi himoyachilarni uyimga kelgan deb o‘ylardim, chunki murabbiylar ularga hamma joyda meni kuzatib borishlarini buyurishgan. Biroq, agar o‘zimni yaxshi his qilsam, ular meni avtomat bilan ham to‘xtata olmasdilar. Ammo o‘z o‘yinimni ko‘rsata olmasam 3 yoshli bolakay ham menga katta qiyinchilik tug‘dirardi.

1994 yilgi jahon chempionati finali men uchun har qanday daqiqada qo‘zib qolishi mumkin bo‘lgan kasallikdek go‘yo.

Bu xotira men bilan qabrimgacha boradi. Men bu zarbani hech qachon unutmayman.

Oyog‘imda to‘p bilan men qiyinchilikni, yiqilishni va o‘rnimdan turishni o‘rgandim. Futbol menga yashashni o‘rgatdi.

G‘alaba tarixda qoladi, lekin u o‘z ortda nima qoldiradi? Kelajakda yangi g‘alabalarga sabab bo‘ladimi yoki mag‘lubiyatlar sababmi? Ko‘pincha g‘alaba va mag‘lubiyatlarni darhol anglab bo‘lmaydi, siz ularni yaxshilab o‘ylab ko‘rishingiz kerak. Xursandchilik doimo o‘z oldingizga yangi maqsadlar qo‘yib, o‘zingizga savol berishdan iborat: men qanday qilib ishga kirishaman, uni qanday hurmat bilan qabul qilaman?

Mening tizzam doim og‘riqni xis qilardi. O‘sha tizzam tufayli, butun faoliyatim davomida, rostmana yugura olmaganman.

Men tizzamni olti bor operasiya qildirdim: to‘rttasi o‘ng tizzam, ikkitasi chap. O‘sha yillarda meniskusdagi operasiyalar g‘ayrioddiy narsa deb hisoblangan.

Eng qiyin operasiya? Haqiqatan ham, ular yirtilgan tendonni tuzatish uchun mening tizzamni har ko‘yga solishgan. Og‘riq qoldiruvchi dori icholmasdim, chunki allergiyam bor edi. Operasiyalar natijasida tanamni 220ta chok bilan tikishgan. Bu aql bovar qilmaydigan darajada og‘riqli! O‘sha payt onam meni yaxshi ko‘rsa, o‘ldirishini so‘raganman.

Men yaratgan eng katta mo‘jiza 35 yoshgacha futbol o‘ynaganim bo‘lgan. Men buni faqat bir yarim oyoq bilan qilishim kerak edi.

“Breshiya”da o‘ynagan paytlarimda, o‘yindan keyin ikki kun zo‘rg‘a yurardim. Uyga qaytgach, qo‘shimcha kuchlar evaziga mashinadan tushgandim: avval bir oyog‘imni tashqariga chiqarardim, keyin chiqish uchun eshikka suyanib qolganman. Ikki kun o‘tgach yana maydonga tushardim.

Futbolni tark etganimdan keyin o‘lib qolgandek bo‘ldim.

90 yillar futboli boshqa, 2000 yillarniki umuman boshqa narsa. Hamma narsa o‘zgaradi, hamma dunyoning eng kuchli jamoalaridan o‘rnak oladi.

 Qarasam, hozir jamoalarga futbolchilar keladi, ketadi, qaytib ketadigan son-sanoqsiz futbolchilar bor. Men ularni kuzatib turolmayman. Menimcha, shuning uchun klublar va ularning o‘yinchilariga nisbatan his-tuyg‘ularga ega bo‘lish tobora qiyinlashib bormoqda.

Men o‘ynagan klublarimning barchasini qadrlayman. Garchi mening sevimli jamoam hali ham “Boka Xuniors” bo‘lsada.

 O‘g‘illarim mening vorislarim. Mendan kimni eng yaxshi futbolchi deb so‘rasangiz... Messi dunyodagi eng zo‘r. U gol urishga qaror qilganida, u gol uradi. Men u bilan o‘ynashni xohlardim.

Men tabiat bilan uyg‘unlikda yashayman. Tabiatda o‘zimni yaxshi his qilaman. Men yolg‘iz qolishni yaxshi ko‘raman va yolg‘izlik uchun o‘rmon yoki daryo qirg‘og‘idan ko‘ra yaxshiroq joy yo‘q. Shovqin deyarli yo‘qoladi - va siz dunyo bilan yolg‘izsiz. Men duch kelgan qiyinchiliklar va qilgan xatolarim haqida o‘ylashga juda ko‘p vaqt sarflayman.

Muxlislar qalbini sekin-asta mendan yaxshiroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa o‘yinchilar band qiladi. Ammo ikkinchi Badjo ham, ikkinchi Maradona ham, van Basten ham bo‘lmaydi.

 Butun umr ruletkaga o‘xshaydi. Men manzilimga yetib kelayotgandim, lekin marrada baxtsiz hodisa yuz bergani uchun men boshidan boshlashga majbur bo‘lardim. Biroq, agar siz kamtar bo‘lsangiz, unda sizda yangi qiyinchilikka dosh berishda hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:22, 20.02.2022.
O'qildi: 2483 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.