Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Legionerlarimizdan daraklar: Masharipov Angliya chempionatiga boradimi?

Legionerlarimizdan daraklar: Masharipov Angliya chempionatiga boradimi?

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik legionerlarning o‘tgan haftadagi faoliyatiga nazar tashlaymiz.

S.Arabistoni. «Al-Nasr» mamlakat chempionati 21-turida «Al-Batin» maydonida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipovsiz o‘ynab, 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Yangilik shuki, UPL nashri xabariga qaraganda, O‘zbekiston milliy jamoasining 28 yoshli hujumkor yarim himoyachisi yozda «Al-Nasr»dan Angliyaning «Xall Siti» klubiga o‘tishi mumkin. Ta’kidlanishicha, ayni payt Chempionship turnir jadvalining 20-o‘rnida borayotgan klub bosh murabbiyi Shota Arveladze sobiq shogirdini o‘z yonida ko‘rish niyatida. Ma’lumot uchun, transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Masharipovning transfer bahosi 3 million yevroga teng.

Belarus. Belarus chempionatining yangi mavsumiga hozirlik ko‘rayotgan «Energetik-BGU» navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Makslin» klubini 7:1 hisobida dog‘da qoldirdi. «Talabalar» safidagi hamyurtimiz Bobur Abduxoliqov bu uchrashuvda o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘ydi. BATE esa «Shaxtyor» (Petrikov)ga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida 2:2 hisobini qayd etdi. O‘yinni Borisov jamoasi boshlang‘ich tarkibida boshlagan yarim himoyachi Shahboz Umarov 37-daqiqada o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi. Bunga futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda. To‘g‘ri, Umarovning o‘zi hech qanday muammo yo‘qligini bildirdi.

Moldova. «Sherif» Portugaliyaning «Braga» jamoasiga qarshi kechgan YEL 1/16 finali birinchi o‘yinini 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Jamoa hujumchisi Jasur Yaxshiboyev Tiraspolda bo‘lgan uchrashuvda 89 daqiqa faol harakatlanish barobarida birinchi bo‘lim oxirida penalti ishladi. «Sherif» aynan shu vaziyatda hisobni ochdi va keyinchalik ustunlikni mustahkamladi.

Italiya. Kadrlar masalasida muammolar girdobida qolgan «Roma» Italiya «A» seriyasi 26-turida «Verona»ni qabul qilib, mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutulib qoldi - 2:2. Oldinroq «bo‘rilar» hujumchisi Eldor Shomurodovda koronavirus aniqlangani aytilgandi va tabiiyki, hamyurtimiz «Verona»ga qarshi bahsda ishtirok etmadi.

Eron. Aziz Amonov asosiy tarkibda maydonga tushib, 60 daqiqa harakatlangan o‘yinda uning klubi - «Istiqlol» nav­batdagi g‘alabani rasmiylashtirdi. Gap Eron Pro-ligasi 18-turidan o‘rin olgan «Traktorsozi»ga qarshi safar o‘yini haqida ketmoqda. Unda tehronliklar yagona gol evaziga 3 ochko olishdi. Aytish o‘rinli, shu bilan «Istiqlol»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi aynan 18ta o‘yinga yetdi.

BAA. Mamlakat chempionati 16-turi doirasidagi «Al-Vasl» - «Sharja» o‘yinida hisob ochilmadi. Mehmon jamoa yarim himoyachisi Otabek Shukurov mazkur bahsda doimgidek to‘liq vaqt harakatlandi. «Sharja» ayni payt 30 ochkoga ega va turnir jadvalining 4-qatorida bormoqda. Aziz G‘aniyev esa «Shabab Al-Ahli»ning «Al-Aruba»ga qarshi uy uchrashuvi (3:1)da qatnashgani yo‘q. 

Qatar. «Yulduzlar ligasi» 19-turidan o‘rin olgan «Umm-Salal» - «Al-Sayliya» uchrashuvi mehmon jamoaning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yaqinda «Sayliya» safiga qo‘shilgan Doston Hamdamov bu safar bir bo‘lim o‘ynadi va tanaffusda almashtirildi. Shu bilan hamyurtimiz jamoasining ochkolari soni 11taga yetdi, biroq u hamon turnir jadvalining oxirgi pog‘onasida.

Qozog‘iston. O‘zbekiston futzal terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboyevning yangi klubi - «Kaspiy» Qozog‘iston chempionati 15-turida mamlakatning 18 karra chempioni «Qayrat» mehmoni bo‘ldi. Aytish o‘rinli 1:1 hisobida yakunlangan dastlabki o‘yinda boshlang‘ich tarkibga kirgan hamyurtimiz ko‘plab «seyv»lar ko‘rsatib, jamoasi joniga oro bo‘ldi. «Kaspiy» ayni payt chempionat turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:35, 22.02.2022.
O'qildi: 3737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.