Milanning "Inter" klubi "Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensenni yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsad qilib oldi. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, neradzurrilar daniyalikni markaziy himoya uchun uzoq muddatli variant sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kristensenning "Chelsi" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadi. Futbolchining o‘zi ham rahbariyatga shartnoma yakunlangach, klubni tark etishini aytdi.