Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘FA rahbariyati yangi mavsum oldidan hakamlar bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati yangi mavsum oldidan hakamlar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

O‘FA tomonidan mamlakatimizda hakamlik sohasini rivojlantirish, futbol hakamlari malaka va salohiyatini oshirish, halollik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Ma’lumki, bir necha kunlardan so‘ng yurtimizda futbol mavsumiga start beriladi. Uni yuqori ruhda o‘tkazishda sifatli hakamlikning ham o‘rni bor. Kecha O‘zbekiston futbol assosiasiyasining majlislar zalida hakam va nazoratchilar bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ayni shu masalada so‘z bordi. Yig‘ilishda mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish uchun nafaqat klublar, balki hakamlar ham o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazganligi ta’kidlandi. Yig‘inlar yangi bosqichga olib chiqilib, maxsus seminarlarga ilmiy yondashilganligi, VAR simulyatoriga oid maxsus texnologik ko‘nikmalar berib borilganligi ma’lum qilindi.

“Professional futbol uchun — sifatli hakamlik zarur. Futbolimizni rivojlantirishda, eng avvalo, hakamlikka e’tibor qaratishimiz kerak. Shu bois, so‘ngi paytlarda ushbu yo‘nalishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Hakamning bahsli vaziyatlarda chiqarayotgan har bir qarori shaffof va futbol foydasi uchun bo‘lishi shart. Chunki hakam, birinchi galda, adolatni va futbolchilarning xavfsizligini ta’minlaydigan, shuningdek, futbolimizning imidjini yaratadigan odamdir” dedi Ravshan Ermatov.
 
Uchrashuv davomida hakamlar orasida sog‘lom raqobatni shakllantirish kerakligi aytilib, har bir turdan so‘ng doimiy ravishda xatolar ustida ishlash va tahlil qilib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Soha imidjini ko‘tarish yo‘lida barcha hakamlar halol va adolatli qarorlar chiqarish kerakligi yana bir bor eslatildi. Kurashuvchan futbolchilarni tayyorlashda ham hakamlarning o‘rni muhimligi aytildi. Bundan tashqari ayollar hakamligiga ham to‘xtalinib, xotin-qizlar o‘rtasidagi musobaqalarni faqat ayol hakamlari boshqaradigan tizim yo‘lida ish olib borilayotgani qayd etildi. Ularning maoshlarini bosqichma bosqich oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda shuningdek, O‘FA vise-prezidenti Odil Ahmedov ham so‘z olib, futbolning rivojlanishida hakamlarning yelkasidagi mas’uliyat futbolchilarniki kabi katta ekanligini aytdi. Uchrashuv yakunida OFK akademiyalarini yakunlagan yosh hakamlarimiz haqida ma’lumot berildi. O‘FA rahbariyati yangi mavsum oldidan barcha hakamlarimizga omad tiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:07, 25.02.2022.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.