Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugungi tanlagan taktikamiz bizga ochko taqdim etdi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugungi tanlagan taktikamiz bizga ochko taqdim etdi"

Baho:
+ | -

Superliganing birinchi tur markaziy uchrashuvi sifatida e’tirof etilgan "Navbahor"-"Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

- Assalomu alaykum barchaga! Bugungi o‘yinda birinchi navbatda bosimni yengishimiz kerak edi. Chunki "Navbahor" bilan Namanganda o‘yin oson bo‘lmaydi, chunki muxlislar tomonidan katta bosim bo‘ladi. Shuningdek, futbochilarimni ruhiy tayyorlashga ham harakat qildim. O‘ylaymanki, futbolchilarimiz bosimni yengib o‘tdi. O‘yinlardagi vaziyatlarga keladigan bo‘lsak, mening fikrimcha, har ikki jamoa ham golga tortadigan vaziyat yarata olmadi. Faqat olisdan zarbalar bo‘ldi, lekin bu golga tortadigan bo‘lmadi. O‘ylashimcha, har ikki jamoa ham bugungi natijadan qoniqqan bo‘lishi mumkin. Bugungi o‘yinda qaysidir jamoa mag‘lubiyatga uchrab, qaysidir jamoa yutib ketishi ham mumkin edi. "Navbahor"ga qarshi qo‘llagan taktikamiz ham, strategiyamiz ham bugungi uchrashuvda bizga qo‘l keldi. Chunki, o‘zingiz ko‘rdingiz bugun biz uchta yaqqol himoyachi bilan o‘ynadik. Sababi, "Navbahor" jamoasida bo‘ydor futbolchilar ko‘p edi, ular standart vaziyatlardan unumli foydalanishini hisobga olgan holda, uchta himoyachi bilan o‘ynashga qaror qildik.

"Navbahor" jamoasi maydonida ochkoga ega bo‘lish qiyin albatta. Shu sababli, bemalol natijadan qoniqdim deb ayta olaman.

- Jamoa "Paxtakor" bilan o‘yinda uchta himoyachi bilan himoyachi bilan o‘ynamadi, lekin bugun uch nafar himoyachi bilan o‘ynashga qaror qildingiz, bu nima bilan bog‘liq? Agar tarkibingizda mahoratli ijrochilar bo‘lganida bugun jamoangiz bemalol g‘alaba qozonib ketishi mumkin edi. Bunga fikringiz qanday?

- O‘yin tashkil qilishda yomon harakat qilmayapmiz, kuni kecha "Paxtakor" bilan o‘yinda ham shunday bo‘lgandi. Ta’kidlab o‘tganingizdek, golli vaziyat yaratadigan va gol uradigan futbolchi borasida qiyinchilikka duch kelyapmiz. Mana ikkita o‘yindan beri gol ura olmayapmiz, bu esa - muammo. Tanlagan taktikaga keladigan bo‘lsam, bizning bazaviy sxemamiz 4-3-3 hisoblanadi. Bilasizlar, qanotlarda Oybek, Suhrob harakat qiladi. O‘sha sxemamizda "Paxtakor" bilan o‘ynadik va tarkibda Oybek bilan Solovyevni tushirgandik. Biroq, ular jamoaga kam foyda olib kelib kelganligi sababli, bugun boshqacha sxemada o‘ynashga qaror qildik. Qolaversa, "Navbahor" bizning Turkiyadagi barcha o‘yinlarimizni ko‘rdi, shu sababli, bugungi sxemamiz ular uchun kutilmagan bo‘ldi va noqulaylik tug‘dirdi. Biz shuni kutgan edik. E’tibor bergan bo‘lsanglar, birinchi bo‘limda "Navbahor" biz tarafga o‘tish uchun juda qiynaldi va ancha asabiylashdi. Shu sababli, bemalol ayta olishim mumkinki, bugungi taktikamiz bizga bir ochkoni taqdim etdi.

- Nima uchun bugungi o‘yinda Sharof Muxitdinov ishtirok etmadi? "Navbahor"ning salohiyati haqida qanday fikrdasiz?

- Sharofning maydonga tushmaganiga sabab - u betob edi. Shu sababli, bugungi o‘yinga ko‘ngildagidek tayyorgarlik ko‘ra olmadi. Shuning uchun uni bugun zahirada qoldirdik. "Navbahor"ni ko‘rib turganimizdek, juda katta ishlarni amalga oshirmoqda, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ydi. Juda ko‘plab futbolchilarni almashtirdi. Albatta, jamoa tarkibida 10 nafar futbolchini almashtirganidan keyin, ularni shakllantirish uchun biroz vaqt talab etiladi. Bu tarkib va bu tashkilotchilik bilan jamoa o‘z o‘yinini shakllantirib olsa, albatta sovrinli o‘rinlar uchun bemalol kurasha oladi" - dedi Berdiyev.

Kiritildi: 21:29, 03.03.2022.
O'qildi: 1917 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.