Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Konte: "Tottenxem"da ko‘p yillardan beri davom etayotgan vaziyatni o‘zgartirish oson emas"

Konte: "Tottenxem"da ko‘p yillardan beri davom etayotgan vaziyatni o‘zgartirish oson emas"

Baho:
+ | -

Antonio Konte «Tottenxem»ning muammolarini qisqa vaqt ichida hal qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.

- «Midlsbro»ga mag‘lub bo‘lganingizdan keyin kamroq jahlingiz chiqqanga o‘xshadi. Ba’zi muxlislar sizning munosabatingizdan xavotirda edilar. Yozda bu yerda qilish kerak bo‘lgan ish haqida nima deb o‘ylaysiz?

- Natijadan hafsalam pir bo‘ldi va xafa bo‘ldim. Bizda ko‘tarilishlar va pasayishlar borligi menga yoqmaydi. «Tottenxem» tarixi shunaqa: yuksalishlar va pasayishlar.

Raqobatbardosh bo‘lish, biror narsada g‘alaba qozonish, muhim narsa uchun kurashish, kuchli jamoaga aylanish uchun birinchi navbatda izchil natijalarni ko‘rsatish hamda bu ko‘tarilish va pasayishlardan qochish kerak.

Buni amalga oshirish va «Tottenxem»da ko‘p yillar davomida sodir bo‘layotgan vaziyatni o‘zgartirish oson emas.

Buni qisqa vaqt ichida amalga oshirish mumkin emas. Nafaqat men, balki har qanday menejer yoki murabbiy uchun ham oson emas.

Ayniqsa, bu klubda holat 20 yildan beri shundaybu. Ba’zan xafa bo‘lishga to‘g‘ri keladi. O‘ylaymanki, mag‘lubiyatga uchraganimizdan keyin jahl qilish normal holat. Mag‘lubiyatga uchraganimizda g‘azablanish boshqa, munosabatimiz va his-tuyg‘ularimiz haqida gapirish boshqa narsa. Bu ikki xil holat.

Bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun har safar matbuot anjumanlarida o‘zimni bir xil tutishga harakat qilaman.

Menimcha, hammasi joyida. Gohida jahlingiz chiqsa, gohida vaziyatga boshqacha qarashingiz mumkin, - dedi "shporlar" ustozi.

Kiritildi: 21:21, 04.03.2022.
O'qildi: 787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик