Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

APL – futbol go‘zalligi. Fevralning qaynoq voqealari bittada

APL – futbol go‘zalligi. Fevralning qaynoq voqealari bittada

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi qishki tanaffusdan o‘ta tetik qaytdi. Fevral oyi davomida bo‘lib o‘tgan bahslar bizga bir olam taassurotlat hadya etdi. Klublar yanvar oyida xarid qilingan futbolchilari bilan jangni davom ettirishga chog‘landi. Quyida sizning ongingizda fevral oyida qolgan eng esda qolarli hodisalarni qayta jonlantirishga urinib ko‘ramiz.

10. «Tottenxem» o‘z maydonida mahv etildi

Aslini olganda «shporlar» qishning so‘nggi oyiga yaxshi kayfiyat hamda formada yetib kelgandi. Biroq oy ular uchun omadsiz boshlandi. Konte jamoasi «Sautgempton»ga qarshi bahsda 3-2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bunda hammasini o‘yin so‘nggida kiritilgan ikkita gol hal qilgan edi (Muhammad Elyunussi - 80ʼ, Che Adams - 82ʼ).

9. Trippyerning APLga gol bilan qaytishi

Kiran oyog‘ini sindirib olishidan ilgari «Nyukasl» uchun kerak futbolchi ekanini isbotlaydi. Angliya terma jamoasi a’zosi dastlabki ikkita bahsida, «Everton» hamda «Aston Villa» qarshi jarima zarbasidan gol urgandi. Bu esa «Nyukasl»ni xavfli zonadan uzoqlashtirishga yordam berdi.

8. Eski raqiblar «Ellan Rod»da to‘qnashdi

APL «Lids» hamda «MYU» o‘rtasidagi bahsni uzoq yillar kutdi. «Oqlar» elitaga qaytgach, bu hodisa sodir bo‘ldi. Jamoalarning bu mavsumdagi qarama-qarshiligi ham muxlislarni xafa qilmadi. Shamol va yomg‘ir bilan o‘tgan bahsda oltita gol urildi. Ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirib olgan mezbonlar, o‘yin so‘nggida 4-2 hisobida mag‘lubiyat alamiga giriftor etildi.

7. «Arsenal» «bo‘rilar»ga qarshi maydonni yondirdi

Futbol muxlislari so‘nggi daqiqalarda urilgan gollarni sevishadi. 95-daqiqa esa aynan shunday davrdir. Dastlab, o‘z maydonida imkoniyatni boy berayotgan to‘pchilar Nikolya Pepening goli bilan 82 daqiqada muvozanatni tikladi. Keyin esa, qo‘shib berilgan daqiqalarning beshinchisida Lyakazett katta sahnaga chiqdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

6. O‘rtamiyonalar qolish uchun hayot-mamot jangiga kirishdi

«Villa Park» stadionida o‘tgan bahsda hamma narsaga guvoh bo‘lish mumkin edi. Avvaliga mehmon jamoa – «Lids» hisobni ochdi. Keyin esa Stiven Jerrard shogirdlari uchta gol bilan javob qaytardi. Ammo hisob 3-1 ko‘rinishida qolmadi. «Aston Villa»ni oldinda ikkita jazolash goli kutib turgan edi. Natija esa 3-3 va drama!

5. Gabriel Martinelli tezkor sariqlarga uchradi

«Vulverxempton» maydonida oldinda borayotgan «Arsenal», o‘yin tugashiga yigirma daqiqa qolganida bir kishi kam bo‘lib qoladi. To‘pchilarning braziliyalik hujumchisi Martinelli arzimagan 10-20 soniyada ikkita qo‘pollik uchun qizil kartochka orttirib oldi va maydonni tark etdi. Daniel Podense hamda Shikinyuga nisbatan ishlatilgan follarni Maykl Oliver kechirib o‘tirmadi.

4. Harri Keyn «Etihad»da kim aslida kim ekanini ko‘rsatib qo‘ydi

Ushbu o‘yin «Tottenxem» tomonidan ko‘rsatilgan eng aqlli va zargarona bahs edi. Harri Keyn yozda «Manchester Siti»ga o‘tishni eplay olmagach, ushbu jamoa maydoniga ilk marta tashrif buyurdi. Bu tashrif esa Gvardiola uchun mutlaqo «sovg‘a» edi. Angliya terma jamoasi sardori 95-daqiqada dubl qayd etib, jamoasi bilan g‘alabani ilib ketadi.

3. Son va Keyn APL rekordini yangiladi

«Etihad»dagi dramadan keyin Keyn fevral oyini eng yaxshilar qatorida yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. U va uning sherigi Son APL tarixidagi eng sermahsul juftlikka aylandi. Ular bu borada Didye Drogba hamda Frenk Lemparddan o‘zib ketishdi va mutlaq yetakchi bo‘lib oldi. Juftlikning «Lids»ga qarshi bahsda 4-0 hisobini qayd etishda ham xizmatlari katta edi.

2. «Gudison Park»da qayg‘uli uchrashuv bo‘lib o‘tdi

«Manchester Siti»ning «Everton»ga qarshi o‘yini alamli xotiraga boy bo‘ldi. Bahs avvalida har ikki tomonda ukrainalik futbolchilar bor edi. Ukraina terma jamoasi a’zolari Aleksandr Zinchenko hamda Vitaliy Mikalenko o‘z yurtlaridagi xunrezliklar sababli bir-birlariga hamdardlik izhor etishdi. Ushbu holatni butun dunyo g‘am bilan, ayni paytda esa kuchli hissiyot bilan qabul qildi. Stadion esa ularni olqishladi. O‘sha fursatdagi futbolchilar yuzida qalblarining tasviri namoyon edi.

1. Kristian Eriksen futbolga, APLga qaytdi!

Ajoyib va quvonarli voqea! Eriksen yana professional futbolda. U yana o‘zining sevimli ligasi bo‘lgan APLni yashnatish uchun qaytdi. Bundan sakkiz oy ilgari, Yevro-2020 turnirida Daniya terma jamoasi tarkibida bo‘lgab Eriksen yerga yiqiladi. U yurak hurujiga uchragan edi. Shunga qaramay, yarim himoyachi o‘zining yangi klubida faoliyatini qayta boshlay oldi. «Brentford» tarkibida Eriksen o‘z debyutini amalga oshirdi. Bu hodisa butun futbol ommasi tomonidan xursandchilik bilan qabul qilindi.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:43, 06.03.2022.
O'qildi: 1325 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.