Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Tibo Kurtua: «Madridda umrbod qolishga tayyorman»

Tibo Kurtua: «Madridda umrbod qolishga tayyorman»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «qaymoqranglilar» telekanaliga intervyu berib, unda jamoaning ayni paytdagi ahvoli va o‘zining ajoyib sport formasi haqida gapirib berdi.


Yetakchilik haqida

- Ba’zi o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun darvozani daxlsiz saqlash muhim bo‘lsa, ayrimlarida g‘alaba qozonish uchun ko‘proq gol urish muhim. Jamoaning ham himoya, ham hujumdagi ishlari o‘ta mukammal. Bu esa bizga g‘alaba qozonish va turnir jadvalining boshida turishimizga yordam bermoqda. Xuddi shu ruhda davom etmoqchimiz.


Dunyoning eng yaxshi darvozaboni haqida

- Albatta, men haqimda shunday deyishsa, juda xursand bo‘laman. Jamoam g‘alaba qozonishi uchun qo‘limdan kelganini qilishga intilaman. Regaliya - ajoyib, lekin ishlashda davom etaman. Men uchun madridlik muxlislar, murabbiy va jamoadoshlarimning olqishi muhimroq.


Sport formasining cho‘qqisi haqida

- So‘nggi ikki-uch yilda yaxshi o‘ynab, jamoaga yordam beryapman. O‘ylaymanki, o‘tgan mavsum faoliyatimdagi eng muvaffaqiyatlilaridan biri bo‘ldi, garchi biz birorta sov­rin yutolmagan bo‘lsak ham. Aynan shuning uchun ham, yakunda muvaffaqiyatim unutildi. Joriy mavsum, o‘tgan yilgisidan farqli ravishda, turnir jadvalini boshqarib boryapmiz, hamma narsani yaxshi bajaryapmiz, shuning uchun e’tibor ko‘proq. Madridda juda xursandman va tabiiyki, siz baxtli bo‘lsangiz, jamoaga yanada ko‘proq yordam bera olasiz.


Ispaniyadagi hayoti haqida

- Bu yerga kelganimga qariyb 11 yil bo‘ldi. Ilk kunimdan buyon hamisha mamlakat madaniyatini hurmat qilib, tilni tez o‘rganishga urindim. O‘zimni ispaniyalikdek his qilaman, bu yerda yashayotganimdan juda xursandman, bu haqda ko‘p gapirganman. Madrid - mening uyim, bu yerda abadiy qolaman.


Anchelottining umidlari haqida

- U mendan seyvlar kutadi (kuladi). Darvozabonning to‘pni o‘yinga to‘g‘ri kiritishi ham muhim, biz bundan foydalanib, hisobdagi farqqa erishishga harakat qilamiz. Jamoaga yordam berish uchun bu sohada hali ishlashim kerak bo‘lgan detallar bor. Va, albatta, jamoaga oson bo‘lmaganida, murabbiy darvozabondan qo‘rg‘onini himoya qilishini kutadi.


Penaltilar haqida

- Menga doim raqib futbolchilarining jarima zarbasini ijro etishi, urgan gollari va penalti tepish uslubi yozilgan videolarni ko‘rsatishadi. Jamoadagi darvozabonlar murabbiyi Lyopis so‘nggi 5-6 penaltidan iborat to‘plam tayyorlaydi. O‘yindan oldin kimlar o‘ynayotganini kuzataman, chunki ba’zida kim urishi shunga bog‘liq. Biz penaltini aynan kim ijro etishi mumkinligi haqidagi taxminlarimizni muhokama qilamiz va ko‘pincha taxminlar to‘g‘ri chiqadi. Lekin penaltilarni qaytarish uchun omad ham muhim, albatta. Oxirgi paytlarda qilayotgan ishimiz bilan birga menda u ham bor. Jamoaga yordam berganimdan juda xursandman.


Jismoniy ma’lumotlar haqida

- Ko‘p narsa genetikaga bog‘liq. Ota-onamga rahmat aytishim kerak. Ular voleybol o‘ynashgan, bu sport turida baland bo‘yli odamlar juda tez yerga tushishi muhim. Bolaligimdan bog‘da yoki plyajda o‘ynardik. Menimcha, bu menga darvozabon sifatidagi faoliyatimda ham katta yordam berdi. Ikki metr bo‘yga ega bo‘lganingiz hisobiga maydonga tezda tushish qobiliyati ko‘plab zarbalarni qaytarishda asqotadi.


Valdebebasdagi mashg‘ulotlar haqida

- Biz mashg‘ulotdan bir soat oldin kelamiz, men odatda biroz qizib olaman, ke-yin mashq qilaman. Bu nimanidir yaxshilash uchun fizioterapevt yoki sport zalida murabbiy bilan shug‘ullanish bo‘lishi mumkin. Masalan, muvozanat ustida ishlash yoki reaksiya tezligini oshirish.


Rivojlanish haqida

- 16 yoshda yuqori saviyada o‘ynay olmaysiz, ishonchli tarzda turib bera olmaysiz, sizda na refleks va na tajriba bo‘ladi... Hali ustida ishlash kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor. Darvozabon uchun eng yaxshi yillari 28-30 yoshga to‘g‘ri keladi. 16 yoshimdan bugungi kungacha bo‘lgan sayohatimni ko‘rish juda yoqimli. Albatta, «Real»da o‘ynashimni tasavvur ham qila olmasdim. Xonamda «Bernabeu» bayrog‘i, Kasilyas libosi bor edi, uning o‘rnini egallashimni xayolimga ham keltirmasdim. Bu orzuning amalga oshishidir.


«Bernabeu»dagi ishlari haQida

- Har hafta stadiondagi ishlarni kuzatish ajoyib. «Alaves»ga qarshi o‘tgan o‘yinda tom sezilarli darajada o‘zgarganini, o‘rindiqlar usti ko‘proq yopiqligini payqadim. «Bernabeu»dek stadion bosh­qa bo‘lmaydi. Ishning yakuniy natijasini ko‘rishni juda xohlayman. Qolaversa, stadion ko‘proq muxlislarni sig‘dira oladi, hozir darvoza ortidagi qo‘llab-quvvatlovchilar yetarli emas. Qachonki, tribunalar jamoani ruhlantirish bilan birga, raqibni ham qo‘rqitsa, keyin qoniqish hosil qilaman. Biz muxlislarga to‘la stadionga qaytishni istaymiz.


Ushalgan orzusi haqida

- «Real Madrid»da o‘ynash - bu orzu va men uning har kuni amalga oshayotganini ko‘ryapman. Umid qilamanki, yana uzoq yillar klubda yuqori saviyada o‘ynashda davom etaman. Madridda yashashdan yaxshiroq narsa yo‘q - bu aql bovar qilmaydigan shahar, yuqorida aytganimdek, bu yerda abadiy yashashga tayyorman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:30, 07.03.2022.
O'qildi: 1433 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.