Yanvar oyida «Milan» va «Napoli» «Sassuolo» hujumchisi Janluka Skamakkani sotib olishga urinib ko‘rdi. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar bermoqda.
Ammo Skamakka yozda qaysi jamoaga o‘tish borasida allaqachon qaror qabul qilgan. 23 yoshli hujumchi «Inter»ga o‘tmoqchi.
«Inter» Skamakkani 2022 yilning yozida sotib olishi kutilmoqda. Janluka joriy mavsum A seriyaning 26 o‘yinida 11 ta gol urdi.