"Valensiya" ustozi Xose Bordalas Brayan Xilni jamoada olib qolmochi. Xabarlarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi Ispaniyada faoliyatini davom ettiradi. U yanvar oyida "Valensiya" safiga "Tottenxem"dan, ijara asosida kelib qo‘shilgan edi.
Xil La-ligada o‘zini ko‘rsata olmoqda. Shu sabab Bordalas uni jamoada doimiy olib qolish niyatini bildirgan. Futbolchi aslida "Sevilya" tarbiyalanuvchisi sanaladi.