"Everton" futbolchisi o‘ziga xos natijaga ega bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, mersisaydliklar darvozaboni Jordan Pikford kechagi "Tottenxem"ga qarshi bahsda o‘zining APLdagi 200 o‘yinini o‘tkazdi.
U bunday natija qayd etgan APL tarixidagi 21 o‘yinchiga aylandi. Angliya terma jamoasi a’zosi, shuningdek, ushbu natijani o‘z tug‘ilgan kunida qayd etgan beshinchi futbolchi bo‘ldi.