«Inter» markaziy himoyachisi Stefan de Vrey Chempionlar ligasi doirasidagi «Liverpul»ga (1:0) qarshi o‘yinda mushaklaridan jarohat olgani aytilgan edi.
Qayd etilishicha, De Vrey yaqin orada mashg‘ulot o‘tkazmaydi. Katta ehtimol bilan u «Torino»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, «Torino» – «Inter» uchrashuvi 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi.