Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Yevropaning eng serdaromad futbol akademiyalari reytingi

Yevropaning eng serdaromad futbol akademiyalari reytingi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

CIES Football Observatory (Xalqaro sport tadqiqotlari markazi) eng serdaromad futbol akademiyalari reytingini e’lon qildi. Bunda guruh ekspertlari 15-21 yoshli payti klub akademiyasida kamida 3 mavsum shug‘ullangan futbolchilarga e’tibor qaratishgan. Yanada aniqrog‘i, shu davrda tarbiyalanuvchilar transferidan tushgan daromadni hisobga olishgan.

Hisob-kitoblarga muvofiq, akademiya mahsuldorligi bo‘yicha «Benfika» mutlaq yetakchi. Lissabon klubi o‘z tarbiyalanuvchilari transferidan jami 379 million yevro topgan. «Benfika»ning eng qimmatbaho tarbiyalanuvchisi - Joau Felish. Portugaliya jamoasi shu birgina futbolchi transferidan 120 million yevro olgan. «Real» akademiya­si mahsuli ham chakki emas - 330 mln. yevro. Bu summada Alvaro Morataning ulushi katta. «Monako» esa Kilian Mbappe transferi hisobiga kuchli uchlikda. Diqqat qiling, Fransiya jamoasi akademiyasi keltirgan 285 million yevrodan naq 63 foizi Kilianning «PSJ»ga sotilishidan tushgan.

Fakt. E’tiborlisi, akademiyalar ulushi bo‘­yicha kuchli 10ta klubning 3tasi Yevropaning 5ta elit ligasidan tashqarida. Bular -  «Benfika» (1-o‘rin), «Ayaks» (4-o‘rin) va «Sporting» (9-o‘rin).

Akademiya tarbiyalanuvchilari transferidan eng ko‘p topgan klublar (top-10)

Klub (mamlakat)

Summa

Eng qimmatbaho tarbiyalanuvchi

1

«Benfika» (Portugaliya)

379

Joau Felish

2

«Real» (Ispaniya)

330

Alvaro Morata

3

«Monako» (Fransiya)

285

Kilian Mbappe

4

«Ayaks» (Niderlandiya)

283

Matteys de Ligt

5

«Lion (Fransiya)

270

Aleksandr Lakazett

6

«Bayer» (Germaniya)

213

Kay Xavers

7

«Atalanta» (Italiya)

211

Amad Diallo

8

«Chelsi» (Angliya)

210

Temmi Abraxam

9

«Sporting» (Portugaliya)

209

Joau Mariu

10

«Liverpul» (Angliya)

171

Rahim Sterling

Izoh: summalar million yevro hisobida.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:15, 13.03.2022.
O'qildi: 2616 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.