Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Jahon futbolida sodir bo‘lmaydigan voqealar

Jahon futbolida sodir bo‘lmaydigan voqealar

Baho:
+ | -

Bugun siz bilan jahon futbolida sodir bo‘lmaydigan voqealar haqida gaplashamiz. Futboldagi voqealarni oldindan aytib bo‘lmasligi hammaga ma’lum, shubhalanishga mutlaqo asos yo‘q. Ammo shunday holatlar borki, ular hech qachon amalga oshmasligini siz ham bilasiz.

Endi futbolda hech qachon va hech qanday sharoitda bo‘lmaydigan voqealar haqida so‘z yuritamiz.

Neymar hech qachon "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmaydi

"PSJ"ning braziliyalik hujumchisi allaqachon 30 yoshda. Neymar o‘zining yoshi, mavjud xizmatlari va shon-sharafiga qaramay, ko‘pchilik tomonidan hali ham istiqbolli deb hisoblanadi. Ular undan aql bovar qilmaydigan va haqiqatan ham muhim narsani kutishda davom etadilar. Biroq, uning maksimal yutuqlari Fransiya chempionati doirasida qolib ketmoqda. Agar siz "PSJ" kabi klubning o‘yinchisi bo‘lsangiz, unda maqtanishning ma’nosi yo‘q, shuningdek, 2019 yilda Braziliya terma jamoasi bilan qit’a chempionligi va 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari oltin medali Neymarning terma jamoa uchun qo‘lga kiritga yutuqlari sirasidan.

Hujumchining shaxsiy muvaffaqiyatiga kelsak, u 2012 yilda dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi va 2015 yilda Lionel Messiga nasib etgan "Oltin to‘p" uchun kurashda uchinchi o‘rin sohibi bo‘lib bo‘lgan. Ha, Messi! Eslatib o‘tamiz, argentinalik 30 yoshida beshta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritib bo‘lgandi.

Ronaldu va Messi hech qachon Jahon chempioni bo‘lmaydi

Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu 37 yoshda, argentinalik Lionel Messi esa iyun oyida o‘zining 35 yoshini nishonlaydi. O‘zlarining buyukligi bilan ular haligacha o‘z terma jamoalari bilan Jahon chempionatlarida g‘olib chiqmaganliklari hech kimni hayratda qoldirmaydi. Va ular nazariy jihatdan bu imkoniyatni saqlab qolishsa ham, bunday muvaffaqiyatga erisha olmaydilar.

Messi uchun Argentina terma jamoasi va uning g‘alabalari umuman og‘riqli mavzu. U faqat o‘tgan 2021 yilning yozida u faoliyatida ilk bor (!!!) terma jamoadagi sheriklari bilan ilk sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Bu Amerika kubogida sodir bo‘ldi.

Portugaliya terma jamoasidagi Ronaldu sovrinlar bilan biroz yaxshiroq ishlamoqda. 2016 yilda portugallar Fransiyada o‘tkazilgan Yevroni qo‘lga kiritib, 2018/2019 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, UYEFA Millatlar Ligasi g‘olibiga aylanishdi.

Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati Ronaldu uchun ham, Messi uchun ham faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionatidir. Keyingi 2026 yilga qadar ular katta ehtimol bilan faoliyatlarini yakunlashadi. Ammo bo‘lajak jahon chempionatida na Portugaliya, na Argentina termalari champion bo‘lishiga shaxsan men ishonmayman. Portugaliya hali Jahon jahon chempionati yo‘llanmamasiga ega chiqqani yo‘q, mart oyida ular Turkiya bilan saralashning so‘nggi bosqichida yarim finalda o‘ynaydi, shundan so‘ng g‘alaba qozonsa, Italiya va Shimoliy Makedoniya uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Argentina bo‘lajak jahon chempionatiga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.

Mbappe va Xoland hech qachon bitta klubda o‘ynamaydi

Ko‘rinishidan, tarix Kilian Mbappe va Erling Xolandni futbol modasining asosiy tendensiyalari va kelgusi yillarda turli cho‘qqilar, rekordlar va yutuqlarni zabt etuvchilarga aylanishlarini xohlaydi. O‘zlarining potensiallari va qobiliyatlari nuqtai nazaridan ular sayyoradagi barcha futbolchilardan ustun turishi mumkin.

Hozirda 23 yoshli fransiyalik Mbappe "PSJ" sharafini himoya qilmoqda va bilasizki, u kelajakda o‘zini Parij klubida ko‘rmayapti. Hammasi yozda u Fransiya poytaxtini tark etishiga bog‘liq. Mish-mishlar va turli insayderlar Kilianni kelajakda "Real Madrid" bilan bog‘lashmoqda. Dortmundning "Borussiya"sida o‘ynayotgan 21 yoshli Xolandga Galaktikos ham katta qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, ushbu yozda hujumchi 75 million yevro evaziga “bamblar”ni tark etishi mumkin.

Mbappe ham, Xoland ham tan olish kerakki shon-shuhrat va muvaffaqiyatga erishmoqchi. Ham jamoaviy, ham shaxsiy darajadagi yutuqlar ularga kerakligi tabiiy. Katta shaxsiy maqsadlarga bilan ular bir klubda o‘ynab erisha olmaydilar. Va jamoa muvaffaqiyatlari hech qachon shaxsiy g‘alabalarga to‘sqinlik qilmaydi. Shunday ekan, bu hujumchilar hech qachon bir jamoada birga o‘ynamaydi.

Gvardiola hech qachon "Real Madrid" bosh murabbiyi bo‘lmaydi

51 yoshli Xosep Gvardiolaning avlodlari kataloniyalik. 1971 yil 18 yanvarda u hozirgi 7000 kishi yahaydigan Sandepor shahrida tug‘ilgan. U futboldagi faoliyatini "Barselona" akademiyasidan boshlagan va bu akademiyada, shubhasiz, o‘z ona yurtiga, vatani Kataloniyaga bo‘lgan tug‘ma mehrini kuchaytirgan.

Professional futbolchiga aylanib, u faoliyatining 11 yilini "ko‘k-anorranglilar"ga bag‘ishladi. Xosep 30 yoshidan keyingina legioner maqomiga ega bo‘lgan. U Italiyada "Breshiya", "Roma" keyin esa Qatarning "Al-Ahli" va Meksikaning "Dorados de Sinaloa" klublarida o‘ynagan.

Gvardiola murabbiylik faoliyatini "Barselona"da boshlagan. Aniqrog‘i, uning yoshlar jamoasida. Biroq, bir yil o‘tib, 2008 yilda u asosiy jamoani boshqargan. Klub bilan u jami 14 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, ikkitasi Chempionlar ligasida. Xosep shunda keyin "Bavariya"ni boshqargan va hozirda "Manchester Siti"ni boshqarmoqda.

U ko‘p jihatdan "Real Madrid" kabi klub ambisiyalariga mos keladigan yuqori darajadagi murabbiy. Biroq, Xosep Gvardiolaning "Santyago Bernabeu"da jamoa bosh murabbiyi o‘rindig’ida o‘tirganini men tasavvur qila olmadim, siz-chi bu borada qanday fikrdasiz?

Kiritildi: 16:23, 13.03.2022.
O'qildi: 4865 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.