Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

“Abduqodir Husanovni o‘z vaqtida "Manchester Yunayted"ga tavsiya qilgandim” — skaut

“Abduqodir Husanovni o‘z vaqtida "Manchester Yunayted"ga tavsiya qilgandim” — skaut

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted”ning sobiq skauti Nikolas Sinalli O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov borasida qiziqarli ma’lumotni oshkor qildi. Asnew.kz nashrining yozishicha, mutaxassis o‘z vaqtida “qizil iblislar” rahbariyatiga o‘zbekistonlik futbolchini sotib olishni tavsiya qilgan.

47 yoshli mutaxassis Husanovni U-20 Jahon chempionatida kashf qilganini aytadi. Uning fikricha, yosh himoyachining bir qator ustunliklari aynan “Manchester Yunayted”ga asqotishi mumkin edi.

“O‘zbekiston yoshlarining Jahon chempionatidagi o‘yinlarini kuzatib, darhol Husanovga e’tibor qaratdim. Uning uchta xislati meni hayratga soldi: tezlik, kuch va diqqatni jamlay olishi. O‘shanda Abduqodir "Manchester Yunayted"ga to‘la mos kelishiga ishonchim komil edi. Qolaversa, butun jamoasi ham chinakam jangovar o‘yin ko‘rsatgandi”, deydi Sinalli.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2023-yilgi mundialda nimchorak finalgacha yetib borib, Isroilga imkoniyatni boy bergandi (0:1).

Skautning maslahatiga qaramay, “Manchester Yunayted” ushbu transferni amalga oshirmadi. Yakunda esa Husanov 2025-yilning yanvar oyida 40 million yevro evaziga Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” APL joriy mavsumining dastlabki 4 turidan so‘ng 12 ochko to‘plab, 2-o‘rinda bormoqda. “Manchester Yunayted” esa 4 ochko bilan 13-pog‘onani egallab turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:31, 15.09.2026.
O'qildi: 2450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик