Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 20:00 Dinamo 0-1 Olimpik
14/06 20:00 Metallurg - Bunyodkor
14/06 23:59 Germaniya - Shotlandiya
15/06 18:00 Vengriya - Shveysariya
15/06 21:00 Ispaniya - Xorvatiya
15/06 23:59 Italiya - Albaniya

Madrid sotqinlari

Madrid sotqinlari

Baho:
+ | -

 

Ikki Madrid jamoasi tarkibida harakat qilish "Barselona"dan "Real"ga o‘tish bilan bir xil. Bugun biz Madrid jamoalari tarixidagi eng mashhur defektorlarni eslaymiz.

Muhim eslatma: ro‘yxatga Luis Aragones, Xuanito va Raul kabi kuchli shaxslar kiritilmaydi. Birinchisi, garchi u "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi bo‘lsa-da, asosiy tarkibda birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. Xuanito va Raul esa "Atletiko" maktabini tamomlagan, ammo professional tarzda faqat "Real Madrid"da futbol o‘ynay boshlagan.

Ugo Sanches

"Atletiko"da o‘ynagan vaqti: 1981–1985

 "Real Madrid"da o‘ynagan vaqti: 1985–1992

"Atletiko Madrid" Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi meksikalik to‘purar uchun kurashda g‘alaba qozondi va to‘rt yil davomida o‘zini golli hujumchilar bilan ta’minladi. Ugo Sanches har bir chempionatni jamoaning eng yaxshi to‘purari sifatida yakunladi, garchi u Ispaniyadagi ilk mavsumini moslashish uchun o‘tkazgan bo‘lsa-da. 1984/85 yilgi temporada oxirida Sanches Pichichi Trofeyini qo‘lga kiritdi, "Atletiko" esa u bilan birga Qirol kubogini qo‘lga kiritdi va ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘shanda "Real Madrid" foydali taklif bilan oraga qo‘shildi.

 Muxlislarning tajovuzkor kayfiyatiga qarshi turish uchun klublar hammasini xuddi Sanches Atletikodan Meksikaning UNAM klubiga o‘tayotgandek tartibga solishdi. Hujumchi “Real” bilan Mexikodagi banklardan birida shartnoma imzolagan. "Qaymoqranglilar" bilan Sanches ketma-ket beshta chempionlik va to‘rtta Pichichi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Bernd Shuster

"Real Madrid"da o‘ynagan vaqti: 1988–1990

"Atletiko Madrid"da o‘ynagan vaqti: 1990–1993

Birinchidan, Shuster nemis edi, ya’ni u "do‘st yoki dushman" standart toifalariga kirmagan. Ikkinchidan, uning faoliyatida "Barselona"dan "Real"ga o‘tish allaqachon sodir bo‘lgan, shuning uchun u bilan eng yomon narsa allaqachon sodir bo‘lgan.

O‘zining ulkan iste’dodiga qaramay, Shuster Madrid jamoalarida yetakchi emas edi. "Real Madrid"da u Buitre Five va o‘sha Ugo Sanches davrida o‘ynadi va shuning uchun sovuqqon yordamchi qahramon bo‘lib qoldi. "Atletiko"da u maydonda muhim vazifalarni bajargan. Kuchli futbolga o‘rganib qolgan jamoa chinakam pleymeykerga ega bo‘ldi, uning aniq vertikal uzatmasi «matraschilar»ning o‘yinini o‘zgartirdi va ularga qatorasiga ikkita Qirol kubogini olib keldi.

Migel Soler

"Atletiko"da o‘ynagan vaqti: 1991–1992

"Real Madrid"da o‘ynagan vaqti: 1995–1996

Solerning Madrid jamoalarida esda qolarli faoliyati yo‘q edi va u "Real Madrid"ga "tushgan uchuvchi" va chuqur zaxira o‘yinchisi sifatida keldi. Chap qanotning futbolchisi yoshligida katta va’da ko‘rsatgan bo‘lsa-da, tezda terma jamoa bilan xayrlashdi. Uning o‘ziga xosligi boshqa joyda. Birinchidan, bu Ispaniya poytaxtining ikkala va Kataloniya ikki yetakchi klubda o‘ynagan yagona futbolchi. Ikkinchidan, 33 yoshida u "Malyorka" a’zosiga aylandi va  yana 150ta o‘yin o‘tkazdi. Umuman olganda, Soler ispan futbolida 700 dan ortiq rasmiy o‘yin o‘tkazgan.

Xuan Esnayder

"Real"da o‘ynagan vaqti: 1991-1993, 1995-1996

"Atletiko Madrid"da o‘ynagan vaqti: 1996–1997

Chunki Esnayder psixik edi. 1991 yili yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida argentinalik hakamga kalla bilan zarba berib, uni kaltaklagan va buning uchun u bir yilga diskvalifikasiya qilingan. Uning “Atletiko”dan ketishi ham shov-shuvli bo‘lib chiqdi – “Ayaks” bilan Chempionlar ligasi o‘yinida Esnayder ikki oyog‘i bilan Richard Vitshgeni sakrab tepdi, biroq sariq kartochka olib maydonda qoldi va murabbiy Radomir Antich almashtirmoqchi bo‘lganda, futbolchi murabbiyini jiddiy haqoratlar qildi. Ertasi kuni Xuan transferga qo‘yildi.

Santyago Solari

"Atletiko"da o‘ynagan vaqti: 1999–2000

"Real Madrid"da o‘ynagan vaqti: 2000–2005

"Atletiko" 1999/2000 yilgi temporada yakunlariga ko‘ra Segundaga tushib qoldi. Argentinadan ko‘chib o‘tgandan so‘ng Madrid klubida bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘tkazgan Solari ikkinchi divizionda kurashishni istamadi va bunday muvaffaqiyatli yildan so‘ng umuman Ispaniya poytaxtidan ko‘chib ketishni ham o‘ziga ma’qul ko‘rmadi (34 o‘yinda 6 ta gol). "Atletiko Madrid" va "Real Madrid" bu transferni kelishib olishdi. Shundan so‘ng, Santyagoning Madriddagi hayoti nisbatan xotirjam o‘tdi.

Xose Manuel Xurado

"Real"da o‘ynagan vaqti: 2005–2006

"Atletiko"da o‘ynagan vaqti: 2006–2010

Xurado "Real Madrid"ning asosiy raqiblari bilan ham xayrixoh bo‘lgan futbolchilar toifasiga kirdi - qimmat xorijlik futbolchilar bilan katta raqobat tufayli tarkibda o‘z o‘rnini topa olmayotgan yosh futbolchi. “Qaymoqranglilar” bitiruvchisi akademiya yulduzi bo‘lgan, u Ispaniya yoshlar terma jamoalarida barcha toifalar uchun to‘p surgan, ammo asosiy klub tarkibida chempionatda bor yo‘g‘i uchta o‘yin o‘tkazgan.

"Atletiko"da u Maksi Rodriges va Martin Petrovning jarohatlari tufayli darhol talabga ega edi. Biroq uning ushbu Madrid jamoasidagi faoliyati nomukammal bo‘lib chiqdi. Xurado qisqa vaqt ichida asosiy tarkib futbolchisiga aylandi, keyin esa bosh murabbiyning nazaridan chetda qoldi va ko‘proq vaqtini ijarada o‘tkazdi.

Xose Antonio Reyes

"Real Madrid"da o‘ynagan vaqti: 2006–2007

"Atletiko"da o‘ynagan vaqti: 2007–2012

Andalusiyalik Reyes «Real»da «Arsenal»dan ijara asosida bor-yo‘g‘i bir yil o‘ynadi. Madrid klubi “Galaktikos”ning tanazzul davrini boshdan kechirayotgan edi va so‘nggi tur epizodi Devid Bekxem va Roberto Karlos zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishganida, ijaraga olingan Xose Antonio dubl qayd etib, "qaymoqranglilar"ni qutqarayotgan edi.

Bernd Shuster "Real Madrid" bosh murabbiyligiga tayinlanganidan so‘ng Reyes to‘liq shartnoma imzolagandek tuyuldi, ammo bunga "Atletiko" aralashdi. Arsen Venger o‘tgan yili qirollik klubining undan nafaqat Reyes, balki Fabregasni ham olib qo‘yishga bo‘lgan urinishlaridan shunchalar g‘azablangan ediki, u yarim himoyachini bajonidil “Real” raqiblariga berib yubordi.

Xuanfran

"Real Madrid"da o‘ynagan vaqti: 2004–2006

"Atletiko"da o‘ynagan vaqti: 2011–2019

Ispaniyalik o‘ng qanot himoyachisi "Real Madrid" akademiyasini bitirgan, ammo asosiy tarkibga kira olmagan. U“qirollik klubida” bor-yo‘g‘i oltita o‘yin o‘tkazdi. Xuanfran "Osasuna" bilan besh mavsumdan so‘ng "Atletiko Madrid"ga o‘tdi. Vaqt o‘tishi bilan u "matraschilar”ning timsoliga aylandi. 2012-yilda Yevropa Ligasi finalida “Atletik” ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, Xuanfran yosh o‘g‘li Oliverini jurnalistlarga ko‘rsatdi va shunday dedi: “U hozircha faqat ikkita so‘zni biladi – “ona” va “Atletiko”.

Tibo Kurtua

"Atletiko"da o‘ynagan vaqti: 2011–2014

“Real Madrid”da o‘ynagan vaqti: 2018 yildan hozirgacha

"Atletiko" har doim David De Xea ertami-kechmi "Real"ga o‘tib ketishidan qo‘rqib kelgan. Ammo uning o‘rniga boshqa darvozabon Tibo Kurtua buni amalga oshirdi. U bilan hammasi osonroq - u belgiyalik va "Atletiko"da uch yil davomida ijara asosida o‘ynagan. Ya’ni, bu xorijlik "Visente Kalderon"ga tasodifan kelib qolgan va hatto “Real”ga o‘tishdan oldin "Chelsi"da o‘ynagan.

Alvaro Morata

"Real"da o‘ynagan vaqti: 2010-2014, 2016-2017

"Atletiko Madrid"da o‘ynagan vaqti: 2019–2020

Xuan Esnayder singari Morata ham klub akademiyasini bitirgan bo‘lsa-da, o‘yin profili bo‘yicha "Real"ga mos kelmaydi. Tarkibda o‘z o‘rnini egallashga bo‘lgan ikkala urinish ham natija bermagan. Morata xohlagancha gol ura oladi, lekin kuchli raqobatga dosh bera olmadi.

Diyego Simeonega ma’lum turdagi hujumchi kerak edi va aynan Alvaro bu qiyofaga mos edi - baland bo‘yli, hujumda o‘yinning barometri bo‘lib xizmat qila oladigan futbolchi edi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:38, 13.03.2022.
O'qildi: 6233 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.